O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar Yangihayot tumani Xo‘ja Uchqun mahallasi agenti APEX BANK Aripova Komuna Abdixalikovna Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi boshlig‘i Kenjayev Bahodir Rajabmurodovich tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlandi.Ushbu mukofot uning mahalla ahli bilan faol ishlashi, fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashi va ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashishi uchun munosib e’tirof bo‘ldi.
APEX BANK jamoasi Komuna Abdixalikovnani munosib e’tirof bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi ishlarida yangi muvaffaqiyatlar va yutuqlar tilaydi!