Bank ogohlantiradi: firibgarlardan ehtiyot bo‘ling Hurmatli mijozlar, so‘nggi vaqtlarda firibgarlar o‘zlarini bank xodimlari sifatida tanishtirib, qulay shartlarda kredit rasmiylashtirishni taklif qilayotgan va «komissiya», «sug‘urta» yoki «oldindan to‘lov» sifatida pul mablag‘larini o‘tkazishni so‘rayotgan firibgarlik holatlari ko‘paydi.

Eslatib o‘tamiz: bank xodimlari kredit ajratish uchun hech qachon oldindan to‘lov talab qilmaydi va karta ma’lumotlari, parollar yoki SMS orqali yuborilgan kodlarni so‘ramaydi.

Hushyor bo‘ling va bunday firibgarlik tuzoqlariga tushmang. Shubhali qo‘ng‘iroq yoki xabar olganingizda, muloqotni darhol to‘xtating va yuz bergan holat haqida bankka xabar bering.

Mablag‘laringizni asrang!