APEX BANK Buxoroda yangi bank xizmatlari markazini ochdi 5-oktabr kuni Buxoro shahrida APEX BANK’ning yangi bank xizmatlari markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Markazda jismoniy va korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatiladi. Bu yerda omonat va kreditlarni rasmiylashtirish, to‘lovlar va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, shuningdek, biznesni moliyalashtirish va rivojlantirish uchun bank yechimlaridan foydalanish mumkin.

Manzil: Buxoro shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 8-uy.

Buxorodagi mijozlarimizga yanada yaqin bo‘lganimizdan xursandmiz. Yangi markazimizda sizni kutib qolamiz!