APEX BANK vakillari Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan “Navigating Business in a Changing World” xalqaro forumida ishtirok etdilar Forum doirasida Bank vakillari Raiffeisen Bank International, Commerzbank va ODDO BHF kabi yetakchi xalqaro moliya institutlari vakillari bilan bir qator ishbilarmonlik uchrashuvlari va muzokaralar o‘tkazdilar.

Uchrashuvlar davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va moliya sohasidagi o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Bunday xalqaro tadbirlarda ishtirok etish APEX BANKning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va bankning global moliya bozoridagi mavqeyini mustahkamlashga qaratilgan strategiyasining muhim qismi hisoblanadi.