APEX BANK vakillari va dunyodagi eng yirik moliyaviy institutlardan biri bo‘lgan Bank of China guruhi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Muzokaralar chog‘ida tomonlar o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar va sheriklik munosabatlarini rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlarni belgilab oldilar.
"APEX BANK uchun xalqaro hamkorlikni rivojlantirish strategik rivojlanishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bank of China kabi moliyaviy institut bilan hamkorlik tajriba almashish, ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi. Biz uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarni izchil ishlab chiqishdan manfaatdormiz", - dedi APEX BANK Kuzatuv kengashi a’zosi Bahrom Nu’monov.
Ikki moliyaviy institutning tajribasi va imkoniyatlarini birlashtirish imkonini beradigan uzoq muddatli strategik sheriklikni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv APEX BANK va Bank of China o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi va kelgusida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish uchun asos yaratdi.