2026-yil 1-iyuldan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlash tartibiga oʻzgartirishlar kiritiladi Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumotiga koʻra, 2026-yil 1-iyuldan boshlab kalendar yilidagi vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrining 6-kunidan eʼtiboran vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan toʻlanadi.

Shuningdek, Davlat ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan tayinlanadigan nafaqalar fuqarolarning murojaatisiz, proaktiv shaklda tayinlanadi.

Barcha savollar bo‘yicha 1070 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.