UZCARD so‘m kartalarini APEX BANK bankomatlarida atigi 1% komissiya bilan to‘ldiring APEX BANK’ning qizil bankomatlari Toshkent shahrining barcha tumanlarida joylashgan.
Benzin uchun to‘lash kerakmi? Yoki kartadan kartaga pul o‘tkazmasini amalga oshirmoqchimisiz? APEX BANK bankomatlari orqali istalgan bankning so‘m kartasini tez, qulay va foydali tarzda to‘ldiring.

Har bir bankomatimiz NFC funksiyasi bilan jihozlangan
Shunchaki kartangizni sensor yoniga yaqinlashtiring va PIN-kodni kiriting ✅

Shuningdek, bankomatlarda naqd pul yechish, xizmatlar uchun to‘lov qilish, valyuta ayirboshlash va boshqa foydali xizmatlardan foydalanish mumkin.
Bundan tashqari, hammaga yoqadigan maxsus imkoniyat ham mavjud — pulni “yirik” yoki “mayda” banknotada yechib olish mumkin.

Sizga eng yaqin bankomatlarning joylashuvini APEX BANK mobil ilovasining "Bankomatlar" bo‘limida, shuningdek "Ofislar va bankomatlar" sahifasida ko‘rishingiz mumkin.