APEX BANKdan Visa Infinite metall kartasini sug'urta depozitsiz rasmiylashtiring  2025-yil 25-iyundan 25-sentyabrgacha APEX BANK’da Visa Infinite premium metall kartasining yangi egalari uchun maxsus aksiya amal qiladi.
Ushbu muddat davomida kartani oylik sugʻurta depozitisiz rasmiylashtirishingiz mumkin — standart 1000$ oʻrniga endi 0$! Sugʻurta depozitisiz foydalanish sharti kartaning butun amal qilish muddati davomida kuchda qoladi.

APEX BANK’dan Visa Infinite kartasining afzalliklari:
Yiliga 6 marta biznes-zallarga bepul tashrif — butun dunyo boʻylab 1000+ zal
Sayohatlar uchun toʻliq sugʻurta himoyasi
Xalqaro tibbiy va axborot ko‘magi
Visa hamkorlaridan maxsus aksiya va chegirmalar
Bepul depozit qutichasi
Faqat Visa Infinite egalari uchun mo‘ljallangan "Premium+" maxsus omonati
Bankda alohida xizmat koʻrsatish zonasi
Visa’ning butun dunyo boʻylab premium imtiyozlari
Shuningdek, bizning Visa Infinite kartamiz bilan to‘lov qilsangiz, mahalliy hamkorlardan maxsus takliflarga ega bo’lasiz
Drova oilaviy hammom majmuasi — ijaraga 15% chegirma
FIZELLI zargarlik uyi — xaridlar uchun 10% chegirma
Medion.uz klinikalar tarmogʻi — ambulator tibbiy xizmatlarga 10%, jarrohlik xizmatlarga 5% chegirma.
APEX BANKning Visa Infinite kartasi bo‘yicha barcha dolzarb takliflar va yanada ko‘proq imtiyozlar doimo havola orqali mavjud.
Kartani chiqarish shartlari:
Chiqarish — 1 000 000 so‘m
Xizmat ko‘rsatish — oyiga $10
Amal qilish muddati — 5 yil
Kartani APEX BANKning barcha ofislarida rasmiylashtirishingiz mumkin.

Aloqa markazi: 1881