APEX BANK’dan Chevrolet Damas va Chevrolet Labo uchun yillik 0% dan boshlab yangi avtokredit APEX BANK birlamchi bozorda Chevrolet Damas va Chevrolet Labo avtomobillarini sotib olish uchun yangi kredit mahsulotini ishga tushirmoqda.

Kredit rasmiy dilerlar orqali yangi Chevrolet avtomobillarini xarid qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xarid jarayonini yanada sodda, tez va shaffof qiladi.
- arizani tezkor ko‘rib chiqish — 1 ish kunigacha;
- dastlabki to‘lov 20% dan 50% gacha;
- kredit muddati — 12 oydan 60 oygacha;
- foiz stavkasi — yillik 0% dan 19% gacha.

Ariza topshirish va batafsil maslahat olish uchun APEX BANK savdo ofislariga yoki 1881 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil shartlar — havola orqali mavjud