APEX BANK to‘lov kartalari ma’lumotlari xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standart — PCI DSS (Payment Card Industry Data Security Standard) talablariga muvofiqligini tasdiqladi hamda to‘lov tizimlarida xavfsizlik talablariga javob beruvchi xizmat ko‘rsatuvchilar global reestri — Visa Global Registry’ga kiritildi.PCI DSS jahon to‘lov sanoatidagi asosiy standartlardan biri bo‘lib, karta egalarining ma’lumotlarini himoya qilish, operatsion xatarlarni kamaytirish va to‘lov infratuzilmasi barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Mazkur natija bank mijozlari va hamkorlari uchun karta ma’lumotlarini qayta ishlash, uzatish va saqlash jarayonlari xalqaro miqyosda tan olingan xavfsizlik talablariga to‘liq mos ekanligini anglatadi.
APEX BANK’ning Visa Global Registry’ga kiritilishi bankning mustaqil baholashdan muvaffaqiyatli o‘tganini hamda Visa Inc. to‘lov tizimi tomonidan tan olinganini tasdiqlaydi.
Ushbu yutuq APEX BANK’ni axborot xavfsizligi, raqamli infratuzilma va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatiga izchil sarmoya kiritayotgan zamonaviy texnologik bank sifatida rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi. PCI DSS muvofiqligi, ayniqsa, karta mahsulotlari va raqamli to‘lov xizmatlari jadal rivojlanayotgan sharoitda alohida ahamiyat kasb etadi.
APEX BANK uchun to‘lov operatsiyalari xavfsizligini ta’minlash nafaqat majburiy talab, balki uzoq muddatli strategiyaning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bank ichki jarayonlarni takomillashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va mijozlar ma’lumotlarini himoya qilishni kuchaytirishda davom etadi.
Visa Global Registry’ga kiritilish bankning shaffoflik, texnologik barqarorlik va xalqaro standartlarga muvofiqlik yo‘lidagi izchil harakatlarini tasdiqlaydi hamda mijozlar va hamkorlar ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Telefon: 1881
Sayt: apexbank.uz
Instagram: @apexbank.uz
Linkedin: APEX BANK