APEX BANK o‘z filiallari tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda. Bugun, 3-iyul kuni Qarshi shahrida yangi savdo ofisining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu bankning aholi va biznes uchun zamonaviy moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan strategiyasini amalga oshirishdagi navbatdagi qadamdir.Sotuv ofisi Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 308-uy manzilida joylashgan.
Yangi ofis viloyat aholisi va tadbirkorlariga zamonaviy hamda qulay sharoitda bank xizmatlardan to‘liq foydalanish imkonini beradi. Bu yerda mijozlar kredit va omonatlarni rasmiylashtirishi, bank kartalarini ochishi, hisob-kitob-kassa xizmatlaridan foydalanishi, pul o‘tkazmalari hamda valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishi, shuningdek, bankning barcha mahsulot va xizmatlari bo‘yicha maslahat olishi mumkin.
APEX BANK hududiy tarmog‘ini izchil rivojlantirar ekan, zamonaviy moliyaviy yechimlarni joriy etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda butun mamlakat bo‘ylab jismoniy shaxslar, kichik va o‘rta biznes vakillari, shuningdek, korporativ mijozlar uchun bank xizmatlaridan qulay foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda.