Aziz vatandoshlar, sizlarni mamlakatimizning eng muhim va aziz bayramlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!Ushbu qutlug‘ ayyomda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik va farovonlik tilaymiz. Hayotingiz quvonchli voqealar, ezgu umidlar va yangi yutuqlarga to‘la bo‘lsin!
Yurtimiz tinchligi va farovonligi abadiy bo‘lsin, xalqimizning kelajagi esa yanada porloq bo‘lsin! Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyoti yo‘lida birgalikda yangi cho‘qqilarni zabt etamiz!