Mikrokredit
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyatini rivojlantirish
Kredit arizasi topshirilgan vaqtda 21 yoshdan 60 yoshgacha (shu jumladan) bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining rezidenti* hisoblangan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxslar
Ariza ko‘rib chiqilayotgan sanaga qadar kamida oxirgi 6 oy davomida daromadga ega bo‘lgan shaxslar
Kredit arizasi kelib tushgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida
1 000 000 so‘mdan 300 000 000 so‘mgacha (shu jumladan)
O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — So‘m
Kredit summasini «APEX BANK» AJda ochilgan Mijozning talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga yoki bank kartasiga (shu jumladan virtual kartasiga) o‘tkazish orqali
6 oydan 60 oygacha
6 oydan 12 oygacha (shu jumladan) muddat uchun yillik 24%
13 oydan 36 oygacha (shu jumladan) muddat uchun yillik 25%
37 oydan 48 oygacha (shu jumladan) muddat uchun yillik 26%
49 oydan 60 oygacha (shu jumladan) muddat uchun yillik 27%
Muddati yetmagan qarzdorlik bo‘yicha 1,5 koeffitsiyentli foiz stavkasi
Annuitet yoki differensial to‘lov
Asosiy qarz va hisoblangan foizlar har oyning 15-sanasida, kredit ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab so‘ndiriladi
Bunda, annuitet to‘lov usuli bo‘yicha kredit kalendar oyining 1-sanasidan 10-sanasigacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda ajratilgan bo‘lsa, kredit ajratilgan oy uchun hisoblangan foizlar shu oyning 15-sanasida to‘lanishi lozim, asosiy qarz esa kredit ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab so‘ndiriladi. Agar kredit kalendar oyining 11-sanasidan 15-sanasigacha (shu jumladan) bo‘lgan davrda ajratilgan bo‘lsa, asosiy qarz va hisoblangan foizlar kredit ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab so‘ndiriladi
Mikrokredit bo‘yicha ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
1. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko‘chmas mulk (tijorat yoki turar joy ko‘chmas mulki) garovi**, bunda ta’minot sifati, likvidligi va yetarliligi bo‘yicha Bank talablariga muvofiq bo‘lishi shart
Tijorat ko‘chmas mulki:
- ofis xonalari;
- omborxona va savdo xonalari;
- sifati va yetarliligi bo‘yicha Bank talablariga javob beradigan boshqa ko‘chmas mulk
Turar joy ko‘chmas mulki (ularda ro‘yxatga olingan shaxslar bo‘lmagan taqdirda):
- ko‘p kvartirali turar joy binosidagi kvartira;
- turar joy uyi
2. Bank tomonidan kreditning qaytarilmasligi xavfini sug‘urtalash:
kredit summasining kamida 50% miqdorida (Bank mablag‘lari hisobidan).
Garov obyektini shikastlanish va nobud bo‘lish xavflaridan sug‘urtalash
Kredit summasining kamida 125%
Bank bilan aloqador shaxslar uchun kredit summasining kamida 130%
Banklar va mikrokredit tashkilotlaridagi amaldagi kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan joriy qarzdorlikning mavjud emasligi;
ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi, kredit tarixining mavjud emasligiga yo‘l qo‘yiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazasi bo‘yicha qarzdorlikning mavjud emasligi;
Bankning «qora» ro‘yxatida mavjud emasligi
Qarz oluvchi/garovga qo‘yuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta/harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi);
* Qarz oluvchining o‘zini o‘zi band qilganlik maqomini tasdiqlovchi hujjat;
Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda Bank qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan, shuningdek, o‘z axborot tizimlari, kredit byurolari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa rasmiy manbalardan olingan ma’lumotlardan foydalanadi
Garov predmetiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma va zarurat bo‘lganda boshqa hujjatlar;
Garovga qo‘yilayotgan mol-mulk qiymati to‘g‘risida mustaqil baholovchining hisoboti;
nikohda bo‘lgan Garovga qo‘yuvchi uchun: Garovga qo‘yuvchining nikoh to‘g‘risidagi guvohnomasi; Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘i shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta); mikroqarz bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash uchun garov predmetini taqdim etishga rozilik to‘g‘risida Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘i arizasi;
zarurat bo‘lganda, Bank Qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi
Qarz oluvchining barcha amaldagi kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarining uning o‘rtacha oylik sof daromadiga (barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlanganidan keyin) nisbati. Bunda olinayotgan kreditni hisobga olgan holda Qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi 50% dan oshmasligi kerak
Istisnolar:
Bankka murojaat qilishdan 6 oydan kam vaqt oldin o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida birinchi marta ro‘yxatdan o‘tgan Qarz oluvchilar uchun qarz yuki ko‘rsatkichi (KDN) hisobga olinmasligi va/yoki hisoblanmasligi mumkin, biroq Bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan so‘ndirilmagan kreditlarning umumiy soniga nisbatan 15% dan oshmasligi kerak
Boshqa Qarz oluvchilar uchun qarz yuki ko‘rsatkichiga (KDN) 100% gacha ruxsat etiladi, biroq Bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan so‘ndirilmagan kreditlarning umumiy soniga nisbatan 15% dan oshmasligi kerak
Qarz oluvchining kredit bo‘yicha asosiy qarzi umumiy summasining uning o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 8 baravardan oshmasligi kerak
Istisnolar:
Bankka murojaat qilishdan 6 oydan kam vaqt oldin o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida birinchi marta ro‘yxatdan o‘tgan Qarz oluvchilar uchun ushbu ko‘rsatkich hisobga olinmasligi va/yoki hisoblanmasligi mumkin, biroq bu holat Bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan so‘ndirilmagan kreditlarning umumiy soniga nisbatan 15% dan oshmasligi kerak
Mazkur kredit mahsuloti bo‘yicha NPL ulushi kredit portfelining 3% idan oshmasligi kerak