BIZNES UCHUN O'ZINGIZ UCHUN PREMIUM BANK HAQIDA

O'ZINGIZ UCHUN

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

PRIVATE (USD)

7.5%
Foiz stavkasi
24 oy
Omonat muddati
Onlayn omonat kalkulyatori
kalkulyatori
3 mln $ 1 mlrd $
1 oy 24 oy

Batafsil shartlar

Omonat nomi

PRIVATE (USD)

Qo‘shimcha imkoniyat

«PRIVATE (USD)» omonatini ochish mijozga milliy valyutadagi «PRIVATE (UZS)» omonatini ochish imkoniyatini beradi

Omonatning valyutasi

AQSH Dollari

Omonat bo‘yicha yillik foiz stavkasi

7,5 % yillik foiz ustamasi

Omonat bo‘yicha hisoblangan foizlarni kapitalizatsiyasi mavjudligi (hisoblangan foizni asosiy mablag‘ga qo‘shib qayta foiz hisoblash)

Mavjud emas

Omonatning muddati

24 oy omonat rasmiylashtirilgan sanadan boshlab

Omonatga qo‘yiladigan mablag‘ning eng kam miqdori

3 000 000,00 (Uch million) AQSH Dollari

Omonatga qo’yiladigan mablag’ning maksimal miqdori

Cheklovsiz

Omonat bo‘yicha foizlarni to‘lash davriyligi

Har oyda, omonat valyutasida, avtomatik tarzda quyidagi hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan:
- №20206 - “Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari”ga

Omonatni rasmiylashtirish usuli (onlayn yoki bankka tashrif buyurish orqali)

Mobil ilova orqali /Sotuv ofislari orqali

Qo‘shimcha mablag‘ kiritish imkoniyati

Mavjud, birinchi 12 oy

Avtouzaytirish(omonat muddati tugaganda omonat muddatini bank tomonidan bir tomonlama uzaytirish)

Mavjud emas

Boshqa shartlar

Bir mijoz nomiga ochilishi mumkin bo‘lgan omonatlar sonining maksimal miqdori — 5 ta
Bank bo‘limlarida ochilgan omonatlar mobil ilovada faqat ko‘rish uchun mavjud

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 30, 366 va 382-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblanmaydigan jismoniy shaxslardan (soliq rezidenti bo‘lmagan shaxslardan) bank depozitlari bo‘yicha to‘lanadigan foiz (daromad) summasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan miqdorda soliq undiriladi — to‘langan foiz summasining 10 foizi miqdorida.

Boshqa muhim shartlar

Omonatga qo‘yilgan pul mablag‘larini omonat muddati tugagunga qadar qisman yechib olish imkoniyatining mavjudligi

Mavjud, minimal qoldiq saqlangan holda qisman yechib olish mumkin

Omonat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish tartibi

Muddatidan oldin yopilganda foizlar quyidagi tartibda qayta hisoblanadi:

1 oydan 6 oygacha – 4%
6 oydan 12 oygacha – 5%
12 oydan 18 oygacha – 6%
18 oydan ortiq – 7,5%

Foizlar mablag‘larning omonatda amalda saqlangan to‘liq oylar soni uchun to‘lanadi
To‘liq bo‘lmagan oy uchun foizlar to‘lanmaydi

Omonatlarni kafolatlash

Jismoniy shaxslarning " APEX BANK " AJ ga joylashtirilgan barcha omonatlari majburiy kafolat obyekti hisoblanadi.
"Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari to'g'risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga (18.02.2025 yildagi O‘RQ-1031-son) muvofiq endilikda davlat tomonidan kafolatlangan omonat miqdori bir bankda bir omonatchiga 200 mln so'mni tashkil etadi. Bu talab bankka qo'yiladigan yangi omonatlarga nisbatan qo'llaniladi. Agar Sizning banklarda yangi qonun kuchga kirgunga qadar qo'ygan muddatli yoki jamg'arma omonatingiz bo'lsa, omonatlaringiz miqdoridan qat'i nazar to'liq kafolatlanadi.
Agarda pulingiz 200 mln so'mdan kam miqdorni tashkil etadigan bo'lsa, unda omonatingiz davlat tomonidan to'liq miqdorda kafolatlanadi.
Yana bir yangilik, endilikda faqat aholining emas, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning, shuningdek banklardagi yuridik shaxslarning omonatlarini kafolatlash sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Omonat miqdoringiz 200 mln so'mdan oshsa, qanday kafolatlanadi?

• Shuni aytish kerakki, kafolatlangan omonat miqdori 200 mln so'mni tashkil etadi degani, bankka undan ko'proq pul qo'yish mumkin emasligini anglatmaydi. Aksincha pullarni bankda saqlash, ularni uyda saqlashdan ancha xavfsiz va manfaatli. Omonatni bu miqdorda kafolatlash esa faqatgina bank tugatilgan taqdirdagina qo'llaniladi, aks holda banklar omonatlar bo'yicha o'z majburiyatlarini shartnoma asosida bajaraveradi.
• Kompensatsiya to'lab berish muddatlariga to'xtaladigan bo'lsak: yangi qonun qabul qilinguncha omonatlarni qaytarib berishni boshlash muddati 83 kunni tashkil etgan, endi esa bu muddat 20 ish kunni tashkil etadi va bosqichma bosqich 7 ish kuniga qisqartiriladi. Bu degani Agentlik kompensatsiyani to'lab berishni boshlashi uchun unga eng uzog'i bilan 20 ish kuni beriladi, zarur tadbirlar amalga oshirilgan taqdirda, Agentlik ushbu muddatdan ham oldin to'lab berishi mumkin bo'ladi.
• Agarda siz kompensatsiya to'lab berish uchun belgilangan muddat ichida o'z mablag'laringizni qaytarib olishga ulgurmagan bo'lsangiz ham xavotirga o'rin qolmaydi, ya'ni o'z pullaringizni Agentlikdan istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin bo'ladi.

Qonun bilan havola orqali tanishib chiqish mumkin.
«Sizning omonatlaringiz kafolatlangan» havola

Ko‘p beriladigan savollar

Depozit nima?

Depozit — bu foiz olish uchun ma’lum muddatga Bankka qo‘ygan pulingizdir.

Depozitni qanday ochish mumkin?

Siz depozitni onlayn/oflayn tarzda ochishingiz mumkin.

Depozitlar bo‘yicha foizlar qanday hisoblanadi?

Foizlar depozit rasmiylashtirilgandan keyingi kundan boshlab, u qaytarilishidan oldingi kungacha hisoblanadi. Bir yildagi kunlarning hisobiy soni 365 kun deb qabul qilinadi. Omonatchining hisobvarag‘i sud organlari tomonidan xatlangan davrda foizlar hisoblanmaydi.

Depozitning minimal summasi nima?

Depozitning eng kam miqdori — bu depozit shartlarida ko‘rsatilgan, depozit ochish uchun talab qilinadigan va shartnoma muddati davomida hisobingizda qolishi kerak bo‘lgan summadir.

Nima uchun depozit summasi o‘zgarmagan holda har oyda depozitdan olinadigan foizlar summasi turlicha bo‘ladi?

Foizlar joriy oydagi kunlarning haqiqiy sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Masalan, yanvarda 31 kun, fevralda 28-29 kun. Shunga asoslanib, foizlar summasi ham turlicha bo‘ladi.

Depozit muddati tugagach, hali yechib olinmagan pullar nima bo‘ladi?

Omonat muddati tugagandan so‘ng, pul mablag‘lari shartnomada ko‘rsatilgan rekvizitlar bo‘yicha muddatli hisob raqamidan o‘tkaziladi.

Kapitallashtirish nima?

Kapitallashtirish — bu depozitning asosiy summasiga hisoblangan foizlarni qo‘shish.

Prolongatsiya nima?

Muddatni uzaytirish — depozit muddati tugaydigan kunda uni avtomatik ravishda uzaytirish. Depozitni uzaytirish paytida depozitda bo‘lgan summa bilan va ochilish paytidagi kabi muddatga uzaytiriladi.

mobil ilova
Barcha xizmatlar bir joyda

Boshqa omonatlar