Beta
Aloqa markazi

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

Avtokredit GM

27,99% dan
Foiz stavkasi
20 mln so'm gacha
Minimal summa

Batafsil shartlar

Kredit mahsuloti turi

Jismoniy shaxslar uchun birlamchi bozorga avtokredit

Rasmiylashtirish usuli

“APEX BANK” AJ Bosh ofisi, savdo ofislari va savdo nuqtalari

Kredit maqsadi

«UzAutoMotors» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillarni xarid qilish

Qarzdor

– Jismoniy shaxslar – kredit arizasini rasmiylashtirish vaqtida 21 yoshdan 60 yoshgacha bo'lgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari
– Rasmiy tarzda ishga joylashgan va arizani ko‘rib chiqish sanasiga qadar kamida so‘nggi 6 oy davomida o‘z faoliyatidan rasmiy daromadga ega bo‘lgan, bank hisob raqamlariga, shu jumladan bank kartalari hisob raqamlariga muntazam pul to’ldirishga ega bo‘lgan shaxslar
– O'zini o'zi band qilgan va doimiy daromadga ega shaxslar, shu jumladan, arizani ko‘rib chiqish sanasiga qadar kamida so‘nggi 6 oy davomida bank hisob raqamlariga, shu jumladan bank kartalari hisob raqamlariga muntazam pul tushumlari bo‘lishi

Eng kam oylik daromad

2 000 000,0 so’m

Kredit arizasini ko‘rib chiqish muddati

To'liq hujjatlar to'plamini taqdim etgandan so'ng 3 ish kunigacha

Loyihada qarz oluvchining o'z ishtiroki miqdoriga qo'yiladigan talablar

– Dastlabki to'lov miqdori avtomashinaning shartnoma qiymatining kamida 25% ni tashkil etadi

Kreditning maksimal miqdori

– Xarid qilingan avtomobil kontrakt qiymatining 75 foizidan oshmasligi lozim

Kreditning eng kam miqdori

20 000 000 so'm

Kredit valyutasi

O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – So‘m

Taqdim etish shakli

– Bir martada, naqd pulsiz shaklda, Bank tomonidan Qarzdor taqdim etgan oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq, sotib olinayotgan avtomobil uchun dastlabkiboshlang’ich to‘lovdan so‘ng, sotuvchining hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan;
Kredit ikki transhda taqdim etiladi:
– Bank avtomobil ta'minotchining hisob raqamiga Qarz oluvchining mablag'lari (o'z ishtiroki) va Qarz oluvchi tomonidan Bank orqali moliyalashtirishni ochish uchun zarur bo‘lgan barcha shartlar bajarilgan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni mobaynida jami avtotransport vositasi qiymatining 100% tashkil etadigan kredit summasi.

Kredit muddati

6 oydan 60 oygacha

Imtiyozli davr

Mavjud emas

Rasmiy daromadga ega bo’lgan shaxslar uchun foiz stavkasi

– yiliga 27,99%, boshlang'ich to'lovi bilan kamida 25% avtomobilning kelishilgan qiymatidan

Rasmiy daromadga ega bo'lmagan shaxslar uchun foiz stavkasi

– yiliga 28.99% boshlang'ich to'lovi bilan kamida 25% avtomobilning kelishilgan qiymatidan
– yiliga 27,99% boshlang'ich to'lov bilan kamida 30% avtomobilning kelishilgan qiymatidan

Muddati o'tgan asosiy qarz bo'yicha foiz stavkasi

– 2 (ikki) baravar oshirilgan muddatli qarzlar bo'yicha foiz stavkasi

Kreditni to‘lash usuli

Annuitet to‘lov

Foizlar va asosiy qarzni to‘lash

– Har oy, kredit berilgandan keyingi oyidan boshlab, tuzilgan kredit shartnomasi shartlariga muvofiq

Majburiy sug‘urta

– Sotib olinayotgan avtomobil bo‘yicha huquqni tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilishi va Bankka garovga topshirilgunga qadar, kredit miqdorining kamida 133,3 % miqdorida kreditni so’ndirmaslik xavfi sug‘urtasi;
– Garov predmetini (mol-mulkni) barcha turdagi risklardan kredit shartnomasi amal qilish muddati davomida sug‘urtalash;
– Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti, kredit berilishidan oldin, qarzdor mablag‘lari hisobidan, sug‘urta kompaniyasi hisob raqamiga, tuzilgan sug‘urta shartnomasi va sug‘urta tashkilotining sug‘urta qoidalariga muvofiq tartibda va shartlarda to‘lanadi.

Kredit bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishni ta’minlash usuli

– Kredit mablag'lari hisobidan sotib olinadigan avtomobil;
– Sotib olinayotgan avtomobil bo‘yicha huquqni belgilovchi hujjatlar rasmiylashtirilishga qadar va Bankka garovga topshirilgan kredit miqdorining kamida 133,3% amal qiladigan kreditni so’ndirrmaslik riski sug‘urta polisi.

Ta’minot miqdoriga qo‘yiladigan talab

– Kredit summasidan kamida 133,3%

Kredit tarixiga qo'yiladigan talablar

– Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lsa, kredit tarixining mavjud bo‘lmasligiga ruxsat etiladi;
– Kredit byurosining hisobotlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalarga asosan kredit arizasi ko'rib chiqilgan sanadan boshlab muddati o'tgan qarzlar yo'qligi;
– Ilgari olingan barcha kreditlar bo‘yicha muammo alomatlarining yoqligi.

Qarz oluvchiga qo'yiladigan talab

– O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi bazasi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmaganlar;
– Bank/banklar yoki boshqa tashkilotlarning "qora" ro‘yxatda yo‘qligi;
– Qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning yuridik shaxslari qora ro‘yxatida yo‘qligi;
– O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun: oxirgi 12 oyda kamida 6 oy faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida uzluksiz ish tajribasi.

Qarz yuki ko‘rsatkichi

– Qarz oluvchining barcha amaldagi kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarning uning o‘rtacha oylik sof daromadiga nisbati (barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni chegirgan holda), bunda Qarz oluvchining qarz yuki koeffitsiyenti (indeksi) olinadigan kreditni hisobga olgan holda 50% dan oshmasligi kerak (hisob-kitob namunasi: barcha amaldagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar/ o‘rtacha oylik sof daromad * 100 = qarz yukining n foizi)

Mahsulot risk ishtahasi ko'rsatkichi

– Mahsulot bo‘yicha NPL ulushi ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha kredit portfelining 3 foizidan oshmasligi kerak

Kredit olish uchun qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

– Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
– Tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjat; – Avtomobilni yetkazib berish/oldi-sotdi shartnomasi;
– O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma (davlat soliq qo‘mitasi orqali); ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
– Qarz oluvchining hisobvarag‘i ochilgan bankdan so‘nggi 6 (olti) oy uchun asosiy hisobvaraq (shu jumladan, bank plastik kartasi tarmog‘i) bo‘yicha pul qoldig‘i va harakati to‘g‘risida ko‘chirma;
– Zarur hollarda, Bank Qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Garov shartnomasini rasmiylashtirish uchun qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

– Garovga qo‘yilgan mol-mulk hujjatlari, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin) va avtotransport vositasi hamda zarur hollarda boshqa hujjatlar;
– Nikohda bo‘lgan Garovga qo‘yuvchi uchun: Garovga qo‘yuvchining nikohi to‘g‘risidagi guvohnoma; Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘i shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta);
– Bank Garovga qo‘yuvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Kredit bilan bog'liq qo'shimcha xarajatlar

– Bankning kreditni to‘lamaslik tavakkalchiligini sug‘urtalash bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash 12 oy uchun ta’minot summasidan yillik 1% hisobidan aniqlanadigan miqdorda bir yo‘la to‘lanadi

Ushbu pasport doirasida beriladigan kreditning umumiy hajmi

– Kredit portfelining 25% ko'pi bilan

Bitta qarz oluvchi bilan kredit mahsuloti bo'yicha tuzilgan maksimal kredit shartnomalar soni

– Ko’pi bilan bitta kredit shartnomasi

* Kreditning qaytarilmaslik riskidan sug’urta polisi, shuningdek ssuda mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan ta’minot predmetining sug‘urta summasi qarz oluvchining xohishiga ko‘ra ssudaga qo‘shilishi va ssuda mablag‘laridan to‘lanishi mumkin.
mobil ilova
Barcha xizmatlar bir joyda