BIZNES UCHUN O'ZINGIZ UCHUN PREMIUM BANK HAQIDA

O'ZINGIZ UCHUN

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

UZCARD kredit kartasi

100 mln so‘mgacha
Kredit limiti
55 kungacha
Foizsiz

Batafsil shartlar

Kredit mahsulotining turi

Jismoniy shaxslar uchun UZCARD kredit kartasi

Bank kartaning turi

UZCARD milliy to‘lov tizimining jismoniy shaxslar uchun kredit kartasi (jismoniy shakilda)

Kartani rasmiylashtirish usuli

"APEX BANK" AJ mobil ilovasida va Markaziy Sotuv Ofisida (MSO) ariza berish orqali

Plastik kartani olish usuli

"APEX BANK" AJ MSOda olish

Karta chiqarish narxi

30 ming so'm

Qarz oluvchi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lgan jismoniy shaxslar – yoshi 21 yoshdan 60 yoshgacha (ariza berilgan sanada 60 yosh maksimal yosh hisoblanadi), rasmiy ish bilan band bo‘lgan hamda ariza ko‘rib chiqilayotgan sanaga qadar kamida so‘nggi 6 oy davomida o‘z faoliyatidan rasmiy daromadga ega bo‘lgan shaxslar

Kredit arizasini ko‘rib chiqish muddati

Kredit arizasi berilgan sanadan boshlab 1 ish kuni ichida

Kredit valyutasi

O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so‘m

Taqdim etish shakli

Kredit limiti bilan qayta tiklanadigan kredit liniyasi

Kartaning amal qilish muddati

5 yil

Kreditlash muddati

60 oy, shundan oxirgi 25 oyda kredit limiti har oy 1/25 qismga kamaytiriladi

Kredit limitidan foydalanish shartlari

Kredit limiti ochilgan sanadan boshlab 60 kalendar kun davomida undan foydalanilmagan taqdirda, Bank kredit limiti miqdorini 0 gacha kamaytirishga haqli

Muddatli qarz bo‘yicha foiz stavka miqdori

Yillik 40%

Muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘yicha foiz stavka miqdori

Muddatli qarzdorlik bo‘yicha foiz stavka 1,5 baravarga ko‘paytirilgan

Imtiyozli bo‘lmagan* operatsiyalar uchun komissiya

Apex Bank orqali:
— operatsiya uchun 2% komissiya + pul o‘tkazmasi uchun 1%

Boshqa banklar orqali:
- operatsiya uchun 2% komissiya + pul o‘tkazmasi o‘tkaziladigan bank komissiyasi

Hisob-kitob davri

Kredit karta bo‘yicha birinchi Hisob-kitob davri birinchi xarajat operatsiyasi amalga oshirilgan sanadan boshlab keyingi oyning 1-sanasigacha hisoblanadi

To‘lov sanasi

Kredit karta bo‘yicha kredit mablag‘lari hisobidan xarajatlar amalga oshirilgan oydan keyingi oylarning 25-sanasida

Minimal oylik to‘lov

Har oyning 1-sanasida kredit karta egasiga hisoblanadigan to‘lov avvalgi oyning oxirgi kunidagi asosiy qarz qoldig‘ining 4,5 foizi hamda kredit mablag‘laridan foydalanilgan davr uchun hisoblangan foizlar summasidan iborat

To‘lov usuli

"APEX BANK" AJ mobil ilova va kassalarida kredit karta hisobini to‘ldirish yoki boshqa har qanday mavjud usullar bilan

Kredit limitini to‘xtatib turish shartlari

Minimal to‘lov o‘z vaqtida to‘lanmagan yoki kechiktirilgan taqdirda, kredit karta muddati o‘tgan foizlar va kreditning asosiy qarzi to‘liq to‘languniga qadar bloklanadi

Kredit bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash usuli

Bank tomonidan kreditni (kredit limitini) to‘lamaslik riskini sug‘urtalash

Kredit bo‘yicha ta’minot

Kreditni qaytarmaslik xataridan sug‘urta polisi belgilangan kredit limiti summasining 50 % miqdorida qoplamani ta’minlash maqsadida rasmiylashtiriladi va uning qiymati Bank mablag‘lari hisobidan to‘lanadi

Qo‘shimcha sug‘urta

Kredit kartasi bo‘yicha qarz oluvchining hayotini sug‘urtalash polisi, belgilangan kredit limiti summasining 75%/ (Bankka aloqador shaxslar uchun 80%) qoplanishini ta’minlaydi va Bank mablag‘lari hisobidan to‘lanadi

Kredit tarixiga talablar

Ijobiy kredit tarixi, kredit tarixining yo‘qligiga yo‘l qo‘yiladi
kredit byurosining hisoboti va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalarga ko‘ra kredit arizasini ko‘rib chiqish sanasida ilgari olingan kreditlar bo‘yicha to‘lanmagan muddati o‘tgan qarzlarning mavjud bolmasligi
avval olingan barcha kreditlar bo‘yicha muammo belgilarining yo‘qligi

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar*

Qarz oluvchining faoliyat natijalaridan olingan daromadi va amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tashqi axborot manbalari orqali tasdiqlash
O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasi bo‘yicha qarzi bo‘lmaganlar
Istisno: 2 million so‘mdan kam miqdordagi qarzdorlik mavjudligiga yo‘l qo‘yiladi, agar bank, mikrokredit va sug‘urta tashkilotlari oldidagi majburiyatlar bo‘yicha shakllanmagan bo‘lsa
Bank/banklar yoki boshqa tashkilotlarning "qora" ro‘yxatda yo‘qligi
Qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning yuridik shaxslari qora ro‘yxatida mavjud emasligi

Kredit kartasini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat

Qarz yuki koeffitsiyenti

Qarz oluvchining barcha amaldagi kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari (jumladan, Bankdan olinishi rejalashtirilayotgan kredit bo‘yicha oylik to‘lovlar) summasining uning o‘rtacha oylik sof daromadiga nisbatini anglatadi. Bunda o‘rtacha oylik sof daromad barcha soliqlar va majburiy to‘lovlar chegirilgandan keyin aniqlanadi. Olinayotgan kreditni inobatga olgan holda qarz yuklamasi ko‘rsatkichi 50 foizdan oshmasligi kerak (Hisoblash misoli: barcha amaldagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar / o‘rtacha oylik sof daromad) × 100 = qarz yuklamasi koeffitsienti (n%)

Qarzning daromadga nisbati ko‘rsatkichi

Kredit bo‘yicha asosiy qarzning umumiy summasi Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadi miqdoriga nisbati:
- tegishli hujjatlar va ma’lumotlar bilan tasdiqlangan daromadlardan foydalanilganda, Qarz oluvchining qarzining daromadiga nisbati ko‘rsatkichi quyidagilardan oshmasligi lozim
- o‘rtacha oylik daromadini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lgan taqdirda — 8 baravar
- o‘rtacha oylik daromadini aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda— 5 baravar

Mahsulotga bo‘lgan risk ishtaha ko‘rsatkichi

Mahsulot bo‘yicha NPL ulushi ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha kredit portfelining 4 %dan oshmasligi lozim

Kredit limiti

1 000 000 so‘mdan 50 000 000 so‘mgacha (shu jumladan), kredit tarixi mavjud bo‘lmaganda 20 000 000 so‘mgacha (shu jumladan)

"APEXBANK" AJ xodimlari, ish haqi loyihasi ishtirokchilari va oq ro‘yxatdagi mijozlar uchun kredit limiti

1 000 000 so‘mdan 100 000 000 so‘mgacha (shu jumladan), kredit tarixi mavjud bo‘lmaganda 20 000 000 so‘mgacha (shu jumladan)

Foizsiz (imtiyozli) davr

55 kalendar kungacha
Ushbu davr mobaynida, greys operatsiyalari amalga oshirilganda va bank shartlariga muvofiq qarzdorlik o‘z vaqtida so‘ndirilganda, kredit limitidan foydalanish uchun foizlar hisoblanmaydi

Greys operatsiyalari (imtiyozli operatsiyalar)

- Do‘konlarda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov
- Internet orqali xaridlar
- Terminallar va kontaktsiz to‘lovlar orqali to‘lov

Greys bo‘lmagan operatsiyalar (imtiyozli bo‘lmagan operatsiyalar)

- Kredit karta orqali naqd pul yechish operatsiyalari
- Kartadan kartaga o‘tkazmalar
- Onlayn konversiya
- Kreditlarni to‘lash
- Omonatlarni to‘ldirish
- Hisoblarga o‘tkazmalar
- Kriptovalyuta, brokerlik operatsiyalari va qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish

* Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar, kredit tarixi hamda qarz yuklamasi koeffitsiyentini hisoblash yondashuvlari Bankning jismoniy shaxslarni kreditlash tartibini tartibga soluvchi ichki me’yoriy hujjati bilan belgilanadi
Bank qaror qabul qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi, jumladan:
- ma’qullangan kreditning yakuniy summasi va boshqa shartlari, shuningdek, so‘ralgan kreditning umuman ma’qullanish imkoniyati avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish tizimining ichki talablariga bog‘liq bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: daromad darajasi bo‘yicha segmentatsiya, kredit tarixi, jins va yosh omili, daromadni tasdiqlash xizmatlari, kredit tarixi hamda boshqa tashqi ma’lumotlar manbalarining mavjudligi va to‘liqligi;
- "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunning 8 va 61-moddalariga muvofiq, banklar bank operatsiyalari bo‘yicha qarorlar qabul qilishda mustaqil hisoblanadi va ular hamda mijozlar o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida quriladi.
mobil ilova
Barcha xizmatlar bir joyda