BIZNES UCHUN O'ZINGIZ UCHUN PREMIUM BANK HAQIDA

O'ZINGIZ UCHUN

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

HORIZON ipoteka

0% dan
Foiz stavkasi
10 yilgacha
Muddat
20% dan
Dastlabki to'lov

Batafsil shartlar

Kredit mahsuloti turi

Birlamchi bozorda ipoteka krediti

Rasmiylashtirish usuli

“APEX BANK” AJ bosh ofisi, savdo ofislari

Kredit maqsadi

“Midas Investment Solution” MChJ, “Unique Trade Business” MChJ, “Unique Creation” MChJ tomonidan qurilayotgan va sotilayotgan ko‘p kvartirali turar joy binolaridan kvartira sotib olish

Qarz oluvchi

O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar (shu jumladan yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar), kredit arizasini topshirish vaqtida 18 yoshdan (shu jumladan) 70 yoshgacha bo‘lgan shaxslar
Kredit arizasi ko‘rib chiqilayotgan sanada kamida oxirgi 6 oy davomida daromadga ega bo‘lgan yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lganlar

Kredit arizasini ko‘rib chiqish muddati

To‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etilgandan so‘ng 2 ish kunigacha

Imtiyozli davr

Imtiyozli davrsiz

Taqdim etish shakli

Naqd pulsiz shaklda, Bank tomonidan qurilishdagi ulushli ishtirok shartnomasi/kvartirani oldi-sotdi shartnomasi asosida mablag‘larni quruvchining (sotuvchining) hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan, Qarz oluvchi tomonidan Bankdagi talab qilib olinguncha hisob raqamidan sotib olinayotgan uy-joy uchun boshlang‘ich badal summasi Quruvchiga to‘langandan so‘ng
Kredit taqdim etilishi Bank tomonidan moliyalashtirishni ochish uchun zarur bo‘lgan barcha shartlar Qarz oluvchi tomonidan bajarilgan paytdan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida amalga oshiriladi

Qarz oluvchining o‘z mablag‘lari bilan ishtirok etish miqdoriga qo‘yiladigan talablar

Sotib olinayotgan ko‘chmas mulk obyektining shartnoma qiymatidan boshlang‘ich badal miqdori 20% dan, ushbu Kredit mahsuloti pasportiga 1-ilovaga muvofiq

Kredit muddati

12 oydan 120 oygacha (yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar uchun kredit muddati yashash guvohnomasining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak) ushbu Kredit mahsuloti pasportiga 1-ilovaga muvofiq

So‘ndirish sanasi

Har oyning 15-sanasi

Foiz stavkasi miqdori

Yillik 0%, sotuvchi (Quruvchi) bilan hamkorlik dasturi shartlari bilan belgilanadi, ushbu kredit mahsuloti pasportiga ilovaga muvofiq

So‘ndirish usuli

Har oylik teng ulushlarda

Asosiy qarzni so‘ndirish

Har oyda, kredit berilgan oydan keyingi oydan boshlab, tuzilgan kredit shartnomasi shartlariga muvofiq

Garov miqdoriga qo‘yiladigan talablar

Kredit summasining kamida 125% miqdorida
Bank bilan bog‘liq shaxslar uchun kredit summasining kamida 130% miqdorida

Kredit bo‘yicha majburiyatlarni bajarishni ta’minlash usuli

Kreditni qaytarmaslik xavfini sug‘urtalash polisi kredit summasining kamida 50% miqdorida kreditning butun muddati uchun
“Steel Property Construction” MChJ kafilligi kreditning to‘liq miqdorida qo‘shimcha ta’minot sifatida
Kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan, kelajakda kelib tushadigan ko‘chmas mulk garovi (mulkiy huquqlar)

Kredit va garov ta’minoti nisbatiga qo‘yiladigan talablar

80% dan ko‘p emas

Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar

Ijobiy kredit tarixi, kredit tarixining mavjud emasligiga yo‘l qo‘yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan
Kredit byurosi hisobotlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalariga muvofiq, kredit berilgan paytda avval olingan kreditlar bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasida qarzdorligi mavjud bo‘lmagan
Bank/banklar yoki boshqa tashkilotlarning "qora" ro‘yxatida mavjud bo‘lmagan
Qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning "yuridik shaxslarning qora ro‘yxati"da mavjud bo‘lmagan

Birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

Doimiy daromadga ega bo‘lgan, yaqin qarindoshlarni ham hisobga olgan holda, 3 nafardan ko‘p bo‘lmagan shaxsga ruxsat etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosining ma’lumotlar bazasida qarzdorligi mavjud emasligi
Bankning "qora ro‘yxati"da mavjud emasligi
Birgalikda qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning "yuridik shaxslarning qora ro‘yxati"da mavjud emasligi
Bank birgalikda qarz oluvchining to‘lov qobiliyatini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega

Qarz yuklamasi ko‘rsatkichi

Qarz oluvchining barcha amaldagi kreditlari bo‘yicha barcha o‘rtacha oylik to‘lovlarining uning o‘rtacha oylik sof daromadiga (barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirilgan holda) nisbati, bunda Qarz oluvchining qarz yuklamasi koeffitsienti olinayotgan kreditni hisobga olgan holda 50% dan oshmasligi kerak
Istisnolar:
- bankka murojaat qilishdan 6 oydan kam vaqt oldin o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida birinchi marta ro‘yxatdan o‘tgan Qarz oluvchilar uchun QYK ko‘rsatkichi hisobga olinmasligi va/yoki hisoblanmasligi mumkin, biroq jismoniy shaxslarga Bank tomonidan berilgan so‘ndirilmagan kreditlarning umumiy sonining 15% dan ko‘p bo‘lmagan qismi uchun
- qolgan Qarz oluvchilar uchun QYK 100% gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, biroq jismoniy shaxslarga Bank tomonidan berilgan so‘ndirilmagan kreditlarning umumiy sonining 15% dan ko‘p bo‘lmagan qismi uchun

Mahsulot bo‘yicha risk ishtahasi ko‘rsatkichi

Mazkur kredit mahsuloti bo‘yicha kredit portfelining 4% dan ko‘p bo‘lmagan qismi NPL ulushi

Kredit olish uchun Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (Pasport/ ID karta)
Qurilishda ulushli ishtirok etish shartnomasi / ko‘chmas mulk obyektini oldi-sotdi shartnomasi
O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (Davlat soliq qo‘mitasi orqali)**
Tashqi servislar ma’lumotlari bo‘yicha Qarz oluvchining daromadlari to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda – daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va so‘nggi kamida 6 (olti) oy uchun talab qilib olinguncha hisobvaraqlar bo‘yicha qoldiq va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi ko‘chirma taqdim etilishi lozim
Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda Bank Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan, shuningdek o‘zining axborot tizimlari, kredit byurolari va boshqa rasmiy manbalar ma’lumotlaridan foydalanadi
Zarurat tug‘ilganda, Bank Qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi

Garov shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Ko‘chmas mulk egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Pasport/ ID karta)
Garov predmetiga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma va zarur hollarda boshqa hujjatlar
Nikohda bo‘lgan Garovga qo‘yuvchi uchun: Garovga qo‘yuvchining nikoh to‘g‘risidagi guvohnomasi, Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘ining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta)
Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘ining kredit majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun garov predmetini taqdim etishga roziligi to‘g‘risidagi arizasi
Bank Garovga qo‘yuvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

mobil ilova
Barcha xizmatlar bir joyda