| Foizlar to'lovi | Asosiy to'lov | Asosiy qarz qoldig‘i | Jami to‘lovlar | |
|---|---|---|---|---|
| Jami: | 4 300 000 000.00 | 10 000 000 000.00 | 14 300 000 000.00 |
Jismoniy shaxslar uchun birlamchi bozor uchun avtokredit
Markaziy ofis, “APEX BANK” AJ savdo ofislari
Rasmiy diler tomonidan yetkazib beriladigan "Leapmotor" "GAC" "AITO" markali yangi yengil avtomobillarni sotib olish: MChJ "EVOLUTION-MOTORS"
Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti* boʻlgan jismoniy shaxslar, kredit arizasi topshirish vaqtida 18 yoshdan 70 yoshgacha (shu jumladan)
Ariza koʻrib chiqish sanasiga kamida oxirgi 6 oy davomida rasmiy ish bilan taʼminlangan va rasmiy daromadga ega boʻlganlar
Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan shaxslarga
To‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etilganidan keyin 1 ish kuni ichida
Avtomobilning shartnoma qiymatining kamida 25% miqdorida dastlabki to‘lov, 1-ilovaga muvofiq
Qarz oluvchining to‘lov qobiliyatiga asoslanib, lekin sotib olinayotgan avtomobilning shartnoma qiymatining 75 foizidan oshmasligi sharti bilan
O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – So‘m
Bir martalik tarzda naqd pulsiz shaklda, Bank tomonidan avtomobil sotib olish shartnomasiga asosan mablag‘larni sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazish orqali, Qarz oluvchi Bankdagi talab bo‘yicha hisobidan sotib olinayotgan avtomobil uchun dastlabki to‘lov miqdorini to‘laganidan so‘ng
Kredit berish Qarz oluvchi tomonidan Bank moliyalashtirishini ochish uchun zarur bo‘lgan barcha shartlar bajarilganidan keyin 1 (bir) ish kuni ichida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, dastlabki to‘lov boshqa bank kassalari orqali to‘lanishi mumkin, lekin Bankga to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini tasdiqlovchi kvitansiya taqdim etilishi majburiydir
60 (Oltmish) oygacha (1-ilovaga muvofiq)
Yillik 0% dan 24% gacha, sheriklik dasturi shartlariga ko‘ra aniqlanadigan o‘zgaruvchilarga bog‘liq holda belgilanadi
Asosiy foiz stavkasi yillik 40% (Qirq) foiz qilib belgilanadi
Differentsial yoki Annuitet
Har oyda, kredit berilgan oydan keyingi oydan boshlab, tuzilgan kredit shartnomasining shartlariga muvofiq
Har oyda 1 dan 15-gacha (shu jumladan) Qarz oluvchi tanlovi bo‘yicha taqdim etiladi
Garov ob’ektini sug‘urtalash (harakatlanuvchi mulkni sug‘urtalash) zarar ko‘rish va yo‘qolish xavfidan butun kredit muddati davomida Qarz oluvchi mablag‘lari hisobidan, tuzilgan sug‘urta shartnomasi va sug‘urta tashkiloti sug‘urta qoidalari shartlariga muvofiq
Kreditni qaytarish riskini sug‘urtalash polisi butun kredit muddati davomida
Kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan va kelajakda keladigan harakatlanuvchi mulk garovi (mulkiy huquqlar)
75% dan oshmasligi
Kredit miqdorining kamida 125%
Bank bilan bog‘liq shaxslar uchun kredit miqdorining kamida 130%
Ijobiy kredit tarixi, kredit tarixi mavjud bo‘lmasligi mumkin
Oldingi olingan kreditlar bo‘yicha to‘lanmagan kechikkan qarzlar mavjud emasligi, kredit arizasi ko‘rib chiqilgan sana holatiga ko‘ra, kredit byurosi hisobotlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalarga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi bazasida qarzi bo‘lmaganlar
Bank/Banklar yoki boshqa tashkilotlarning "Qora" ro‘yxatida bo‘lmaslik
Qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning yuridik shaxslar "qora" ro‘yxatida bo‘lmasligi
Qarz oluvchining barcha amaldagi kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarining uning o‘rtacha oylik sof daromadiga (barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlanganidan keyin) nisbati, shu bilan birga Qarz oluvchining qarz yuklamasi koeffitsienti olingan kreditni hisobga olgan holda 50% dan oshmasligi kerak
Istisnolar:
Birinchi marta o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va Bankka murojaat qilishdan kamida 6 oy oldin ro‘yxatdan o‘tgan Qarz oluvchilar uchun QYK ko‘rsatkichi hisobga olinmasligi va/yoki hisoblanmasligi mumkin, lekin Bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan barcha to‘lanmagan kreditlar umumiy sonining 15% dan oshmasligi sharti bilan
Qolgan Qarz oluvchilar uchun QYK 100% gacha ruxsat etiladi, lekin Bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan barcha to‘lanmagan kreditlar umumiy sonining 15% dan oshmasligi sharti bilan
Qarz oluvchining iste’mol krediti va/yoki mikroqarzlar bo‘yicha asosiy qarz summasi (limiti) va uning o‘rtacha oylik daromadi nisbati, shu bilan birga 01.03.2026 yildan boshlab:
1. tegishli hujjatlar va ma’lumotlar bilan tasdiqlangan daromadlar hisobga olinganda, Qarz oluvchining qarz daromadga nisbati ko‘rsatkichi quyidagidan oshmasligi kerak:
O‘rtacha oylik daromadlarni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lsa 8 barobar
O‘rtacha oylik daromadlarni aniqlash imkoniyati mavjud bo‘lmasa 5 barobar, o‘zini o‘zi band qilgan Qarz oluvchilar bundan mustasno
2. o‘zini o‘zi band qilgan Qarz oluvchilar uchun qarz daromadga nisbati ko‘rsatkichi 8 barobardan oshmasligi kerak
Bankka murojaat qilish sanasidan kamida 6 oy oldin birinchi marta o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Qarz oluvchilarga, daromad olishga yo‘naltirilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida, qarz daromadga nisbati ko‘rsatkichi hisobga olinmasligi va/yoki hisoblanmasligi mumkin, lekin Bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan barcha to‘lanmagan kreditlar umumiy sonining 15% dan oshmasligi sharti bilan
Mahsulot bo‘yicha NPL ulushi ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha kredit portfeli 4% dan oshmasligi kerak
Shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Pasport/ID karta/harbiy xizmatchi guvohnomasi)
Avtomobilni sotib olish shartnomasi
O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (Davlat soliq qo‘mitasi orqali)**
Agar tashqi xizmatlar ma’lumotlariga ko‘ra Qarz oluvchining daromadi bo‘yicha ma’lumot mavjud bo‘lmasa – so‘nggi kamida 6 (olti) oy davomida daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va/yoki bank hisobvarag‘idagi mablag‘ qoldig‘i va harakatlar to‘g‘risidagi hisoboti taqdim etilishi kerak
Zarurat tug‘ilganda, Bank Qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi
Garovga taqdim etilayotgan mulk bo‘yicha hujjatlar, davlat ro‘yxatidan o‘tganlik guvohnomasi (avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin) va boshqa zarur hujjatlar
Turmush qurgan Garov beruvchi uchun: Garov beruvchining nikoh guvohnomasi; Garov beruvchining turmush o‘rtog‘ini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta); Garov beruvchining turmush o‘rtog‘idan kredit majburiyatlarini bajarishni ta’minlash uchun garov ob’ektini berishga rozilik bildirish arizasi
Bank Garov beruvchidan qo‘shimcha hujjatlar talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi
Qarzni qaytarish riskini sug‘urtalash bilan bog‘liq Bank xarajatlarini qoplash Qarz oluvchi tomonidan bir martalik amalga oshiriladi
Ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha bir Qarz oluvchi bilan bir yil davomida bir martadan ortiq kredit shartnomasi tuzilmasligi mumkin