BIZNES UCHUN O'ZINGIZ UCHUN PREMIUM BANK HAQIDA

O'ZINGIZ UCHUN

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

APEX - MAKANI

0% dan
Foiz stavkasi
5 yilgacha
Muddat
30% dan
Dastlabki to'lov

Batafsil shartlar

Kredit mahsulotining turi

Birlamchi bozorda ipoteka krediti

Rasmiylashtirish usuli

“APEX BANK” AJning Markaziy ofisi, bank xizmatlari markazlari, savdo ofislari va savdo nuqtalari

Kredit maqsadi

“GLOBUS ART BUSINESS” MChJ tomonidan qurilayotgan va sotilayotgan ko‘p kvartirali turar joy binolaridan kvartira sotib olish

Qarz oluvchi

O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan (shu jumladan) va kredit arizasi topshirilgan paytda 60 yoshdan oshmagan rezident jismoniy shaxslari (shu jumladan, yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar);
Kredit arizasi ko‘rib chiqilayotgan sanaga qadar kamida oxirgi 6 oy davomida daromadga ega bo‘lgan yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan shaxslar.

Kredit arizasini ko‘rib chiqish muddati

To‘liq hujjatlar to‘plami taqdim etilganidan keyin bir ish kuni ichida

Kredit valyutasi

O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — So‘m

Kredit muddati

12 oydan 60 oygacha (yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar uchun kredit muddati yashash guvohnomasining amal qilish muddatidan oshmasligi kerak), ushbu Kredit mahsuloti pasportining 1-ilovasiga muvofiq, muddatlar ham kiritilgan holda.

Imtiyozli davr

Imtiyozli davr mavjud emas

Qarz oluvchining o‘z mablag‘lari ulushiga qo‘yiladigan talablar

Sotib olinayotgan ko‘chmas mulk obyektining shartnoma qiymatidan kamida 30% miqdorida boshlang‘ich badal, mazkur Kredit mahsuloti pasportining 1-ilovasiga muvofiq

Kreditning maksimal summasi

Qarz oluvchining to‘lov qobiliyatidan kelib chiqib, biroq sotib olinayotgan kvartiraning shartnoma qiymatining 70 foizidan oshmagan miqdorda

Kreditni taqdim etish shakli

Naqd pulsiz shaklda, Bank tomonidan qurilishda ulushli ishtirok etish shartnomasi/kvartirani oldi-sotdi shartnomasi asosida mablag‘larni quruvchining (sotuvchining) hisob-kitob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan, Qarz oluvchi tomonidan sotib olinayotgan turar joy uchun boshlang‘ich badal summasi Bankdagi talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvarag‘idan Quruvchiga to‘langandan so‘ng amalga oshiriladi;
Kredit Qarz oluvchi tomonidan Bank tomonidan moliyalashtirishni ochish uchun zarur bo‘lgan barcha shartlar bajarilgan paytdan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida ajratiladi.

So‘ndirish sanasi

Asosiy qarz va hisoblangan foizlar har oy kredit ajratilgan oydan keyingi oydan boshlab oyning 15-sanasida so‘ndiriladi. Bunda, agar kredit kalendar oyining 1-sanasidan 10-sanasigacha (shu sanalar ham kiradi) bo‘lgan davrda ajratilgan bo‘lsa, kredit ajratilgan oy uchun hisoblangan foizlar shu oyning 15-sanasida to‘lanadi, asosiy qarzni so‘ndirish esa kredit ajratilgan oydan keyingi oydan boshlanadi.

Foiz stavkasi miqdori

Yillik 0%, sotuvchi (quruvchi) bilan tuzilgan hamkorlik dasturi shartlariga muvofiq belgilanadi, mazkur kredit mahsuloti pasportiga ilovaga asosan.

Asosiy qarzni so‘ndirish muddatini buzganlik uchun javobgarlik miqdori

Yillik 0%

So‘ndirish usuli

Teng oylik to‘lovlar bilan (annuitet)

Garov miqdoriga qo‘yiladigan talablar

Kredit summasining kamida 125%
Bank bilan aloqador shaxslar uchun kredit summasining kamida 130%

Kredit bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usuli

Kredit summasining kamida 50% miqdorida kreditni qaytarmaslik xavfidan sug‘urta polisi kreditning butun muddati uchun;
Kredit mablag‘lari hisobidan sotib olinadigan va kelgusida mulkka aylantiriladigan ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish (mulkiy huquqlar);
Qo‘shimcha ta’minot sifatida “GLOBUS ART BUSINESS” MChJning kreditning to‘liq summasi bo‘yicha kafilligi

Kredit va garov ta’minoti nisbatiga qo‘yiladigan talablar

80% dan oshmasligi kerak

Kredit tarixiga qo‘yiladigan talablar

Ijobiy kredit tarixi, kredit tarixining mavjud emasligiga ham yo‘l qo‘yiladi;
Kredit ajratilayotgan vaqtda kredit byurosi hisobotlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalarga muvofiq, ilgari olingan kreditlar bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi.

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazasi bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
Bank/banklar yoki boshqa tashkilotlarning «qora ro‘yxati»da bo‘lmasligi;
Qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning «Yuridik shaxslarning qora ro‘yxati»da bo‘lmasligi.

Birgalikda qarz oluvchiga qo‘yiladigan talablar

Doimiy daromadga ega bo‘lgan, shu jumladan yaqin qarindoshlar orasidan ko‘pi bilan uch nafar shaxsga ruxsat etiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi ma’lumotlar bazasi bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
Bankning «qora ro‘yxati»da bo‘lmasligi;
Birgalikda qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning «Yuridik shaxslarning qora ro‘yxati»da bo‘lmasligi;
Bank birgalikda qarz oluvchining to‘lovga layoqatliligini tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqiga ega.

Qarz yuki ko‘rsatkichi

Qarz oluvchining barcha amaldagi kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarining uning o‘rtacha oylik sof daromadiga (barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlanganidan keyin) nisbati. Bunda, olinayotgan kreditni hisobga olgan holda, Qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichi 50%dan oshmasligi kerak.
Istisnolar:
- Bankka murojaat qilishdan 6 oydan kam vaqt oldin birinchi marta o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan Qarz oluvchilar uchun qarz yuki ko‘rsatkichi (KDN) hisobga olinmasligi va/yoki hisoblanmasligi mumkin, biroq bunday holatlar Bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan so‘ndirilmagan kreditlarning umumiy soniga nisbatan 15%dan oshmasligi kerak.
- Boshqa Qarz oluvchilar uchun KDN 100%gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, biroq bunday holatlar Bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan so‘ndirilmagan kreditlarning umumiy soniga nisbatan 15%dan oshmasligi kerak.

Mahsulot bo‘yicha risk-appetit ko‘rsatkichi

Mazkur kredit mahsuloti bo‘yicha NPL ulushi kredit portfelining 3%idan oshmasligi kerak.

Kredit olish uchun Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar

Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport / ID-karta);
Qurilishda ulushli ishtirok etish shartnomasi / ko‘chmas mulk obyektini oldi-sotdi shartnomasi;
O‘zini o‘zi band qilganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (Davlat soliq qo‘mitasi orqali)**;
Tashqi servislar ma’lumotlarida Qarz oluvchining daromadi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, kamida oxirgi 6 (olti) oy uchun daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma hamda talab qilib olinguncha hisobvaraqlar bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va harakati to‘g‘risidagi ko‘chirma taqdim etilishi lozim;
Qarz oluvchining o‘rtacha oylik daromadini aniqlashda Bank Qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlardan, shuningdek, o‘zining axborot tizimlari, kredit byurolari va boshqa rasmiy manbalardagi ma’lumotlardan foydalanadi;
Zarurat tug‘ilganda, Bank Qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Garov shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

Ko‘chmas mulk egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID-karta);
Garov predmetiga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma va zarurat bo‘lganda boshqa hujjatlar;
Nikohda bo‘lgan Garovga qo‘yuvchi uchun: Garovga qo‘yuvchining nikoh to‘g‘risidagi guvohnomasi; Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘ining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID-karta);
Garovga qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘i tomonidan kredit bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash uchun garov predmetini taqdim etishga rozilik berish to‘g‘risidagi ariza;
Bank Garovga qo‘yuvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi;

*Kredit mahsuloti bozor tamoyillari asosida moliyalashtirish shartlarida taqdim etiladi
** 6 oydan ortiq vaqt davomida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomida bo‘lgan va ushbu davr mobaynida faoliyat yuritmagan shaxslar uchun dastlabki ro‘yxatdan o‘tish sanasi ijtimoiy soliq to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov hujjati yoki boshqa hujjat sanasi hisoblanadi. Mazkur holatni tasdiqlash uchun 2024-yil yanvar oyidan boshlab ijtimoiy soliq to‘lovlari tarixi my.gov.uz portali orqali taqdim etiladi.
mobil ilova
Barcha xizmatlar bir joyda