Beta
Aloqa markazi

Найдено результатов: 0

Kechirasiz, qidiruv so'rovingiz uchun hech narsa topilmadi.

Sizning arizangiz qabul qilindi

Tez orada bank vakili siz bilan bog'lanadi. Biz odatda uch ish kuni ichida javob beramiz. Rahmat

APEX DRIVE PLUS

0%
Foiz stavkasi
To‘lov 50% dan
Maksimal summa
Onlayn Kredit Kalkulyatori
Kalkulyator
100 000 000 so'm 1000000000 milliard so'm
12 oy 24 oy

Batafsil shartlar

Kredit mahsuloti turi

Jismoniy shaxslar uchun birlamchi bozor avtokrediti

Rasmiylashtirish usuli

Markaziy ofis, savdo ofislari va «APEX BANK» AJ savdo shoxobchalari

Kredit maqsadi

Rasmiy diler: «SARDOR AVTO INVEST» tomonidan yetkazib beriladigan yangi «Mercedes-Benz» yengil avtomobillarini xarid qilish

Qarz oluvchi

- O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar*, kredit arizasi topshirilgan vaqtda yoshi 21 dan 60 yoshgacha (shu jumladan),
- Rasmiy ravishda ish bilan band bo‘lgan va ariza ko‘rib chiqilayotgan kunga qadar kamida so‘nggi 6 oy davomida rasmiy daromadga ega bo‘lgan, yoki o‘zini o‘zi band qilgan maqomiga ega shaxslar.

Minimal o‘rtacha oylik daromad

- Kredit arizasi topshirilgan sanada amal qilayotgan eng kam ish haqi (EKIH) so‘m miqdorida

Kredit arizasini ko‘rib chiqish muddati

To‘liq hujjatlar paketi taqdim etilgandan so‘ng 1 ish kuni ichida

Avtomobil xaridida qarz oluvchining o‘z mablag‘lari ishtiroki talablari: «Mercedes-Benz»

- Dastlabki to‘lov avtomobil kontrakt qiymatining kamida 50% miqdorida

Kredit valyutasi

O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m

Ta’minlash shakli

Bir martalik naqd pulsiz shaklda, Bank tomonidan avtomobilni yetkazib berish/xarid qilish shartnomasi asosida mablag‘larni sotuvchining hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan, Qarz oluvchi tomonidan Bankdagi talab qilib olinguncha hisobvaraqdan xarid qilinayotgan avtomobil uchun dastlabki to‘lov summasi to‘langandan keyin. Kredit berish Bank tomonidan moliyalashtirishni ochish uchun zarur bo‘lgan barcha shartlarni Qarz oluvchi bajarganidan so‘ng 3 (uch) ish kuni ichida amalga oshiriladi

Kredit muddati

- 12 oy
- 18 oy
- 24 oy

Asosiy qarz bo‘yicha foiz stavkasi miqdori

- 0,0%**

Kechiktirilgan asosiy qarz bo‘yicha foiz stavkasi miqdori

- 0,0%**

Kreditni qaytarish usuli

- Teng oylik to‘lovlar bilan

Asosiy qarzni qaytarish

- Kredit berilgan oydan keyingi oyning boshlanganidan boshlab, tuzilgan kredit shartnomasi shartlariga muvofiq har oyda

Qaytarish sanasi

- Qarz oluvchiga har oyning 5-sanasidan 25-sanasigacha (shu jumladan) tanlash huquqi beriladi

Majburiy sug‘urta

- Kredit shartnomasi amal qilish muddati davomida garov predmetini (mol-mulkni) barcha xavf turlaridan sug‘urtalash
- Sug‘urta mukofoti qarz oluvchi mablag‘lari hisobidan kredit berilishidan oldin sug‘urta kompaniyasi hisobiga, tuzilgan sug‘urta shartnomasi va sug‘urta tashkiloti sug‘urta qoidalari tartibi va shartlariga muvofiq to‘lanadi

Majburiyatlarni bajarishni ta’minlash usuli bo‘yicha

- Kredit mablag‘lari hisobidan xarid qilinadigan avtomobil;
- Xarid qilinadigan avtomobilga huquqni tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilgunga qadar va Bankka garovga topshirilgungacha, agar avtomobil kelajakda keltiriladigan bo‘lsa, kredit summasining kamida 134% miqdorida kreditni qaytarmaslik xavfini sug‘urtalash polisi.

Ta’minot hajmiga qo‘yiladigan talab

- Kredit summasining kamida 134% miqdorida

Kredit tarixiga qo‘yiladigan talab

- Ijobiy kredit tarixi, kredit tarixining mavjud emasligi hamga ruxsat etiladi;
- Kredit arizasi ko‘rib chiqilayotgan sanada, kredit byurosi hisobotlari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar/manbalariga muvofiq, avval olingan kreditlar bo‘yicha to‘lanmagan muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi.

Qarz oluvchiga qo‘yiladigan talab

- O‘zbekiston Respublikasi Majburiy ijro byurosi bazasida qarzdorlikning mavjud emasligi;
- Bank/banklar yoki boshqa tashkilotlarning “qora” ro‘yxatida mavjud emasligi;
- Qarz oluvchining ish beruvchisi Bankning yuridik shaxslar bo‘yicha qora ro‘yxatida mavjud emasligi.

Qarz yuklamasi ko‘rsatkichi

- Qarz oluvchining barcha amaldagi kreditlari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlarning uning o‘rtacha oylik sof daromadiga (barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirilgandan keyin) nisbati, bunda qarz yuklamasi koeffitsiyenti olinadigan kreditni ham hisobga olgan holda 50% dan oshmasligi lozim. Istisnolar:

- Bankka murojaat qilishdan oldin 6 oydan kam vaqt ichida ilk bor o‘zini o‘zi band qilgan sifatida ro‘yxatdan o‘tgan qarz oluvchilar uchun KDN ko‘rsatkichi hisobga olinmasligi va/yoki hisoblanmasligi mumkin, biroq bu bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan umumiy to‘lanmagan kreditlarning 15%idan oshmasligi kerak.
- Qolgan qarz oluvchilar uchun KDN 100% gacha ruxsat etiladi, biroq bu bank tomonidan jismoniy shaxslarga berilgan umumiy to‘lanmagan kreditlarning 15%idan oshmasligi kerak.

Mahsulot bo‘yicha risk ishtahasi ko‘rsatkichi

- Mahsulot bo‘yicha NPL ulushi ushbu kredit mahsuloti bo‘yicha kredit portfelining 3%idan oshmasligi lozim

Qarz oluvchi tomonidan kredit olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
- Avtomobil oldi-sotdi shartnomasi;
- O‘zini o‘zi band qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (Davlat soliq qo‘mitasi orqali);
- Qarz oluvchining daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tashqi xizmatlarda mavjud bo‘lmagan taqdirda – daromadlar to‘g‘risida ma’lumotnoma va bank kartasi hisobvarag‘idagi qoldiq hamda pul mablag‘lari harakati bo‘yicha oxirgi 6 (olti) oy uchun ko‘chirma;
- Zarurat tug‘ilganda, Bank qarz oluvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Qarz oluvchi tomonidan garov shartnomasini rasmiylashtirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar

- Garovga qo‘yiladigan mol-mulk bo‘yicha hujjatlar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin) va transport vositasi hamda zarurat tug‘ilganda boshqa hujjatlar;
- Garov qo‘yuvchi nikohda bo‘lsa: Garov qo‘yuvchining nikoh to‘g‘risidagi guvohnomasi; Garov qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘ining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport/ID karta); Garov qo‘yuvchining turmush o‘rtog‘i tomonidan kredit majburiyatlarini ta’minlash maqsadida garov predmetini taqdim etishga roziligi haqidagi ariza;
- Bank garov qo‘yuvchidan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

* O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega shaxslar uchun kredit muddati yashash guvohnomasi amal qilish muddatidan oshmasligi kerak;
** “Apex Drive+” aksiyasi doirasida ixtiyoriy ravishda xizmatlar paketini sotib olganlar uchun mavjud
mobil ilova
Barcha xizmatlar bir joyda