Maqsadli guruh (kredit oluvchilar)
Davlat ro 'yxatidan o' tkazilganiga kamida 6 oy bo'lgan moliya-xo' jalik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
Tadbirkorlik faoliyat turi
Kichik, o'rta va yirik biznes
Asosiy vositalarni (mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, maxsus texnika, uzatish qurilmalari, ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari va boshqalarni) tashqi savdo kontraktlari bo 'yicha to' lovlarni amalga oshirish (muddati o 'tgan kreditorlik qarzlarini to'lovi bundan mustasno) va/yoki kredit mablag 'larini Milliy valyutaga o`zgartirish va ushbu to`lovni O`zbekiston Respublikasi hududida amalga oshirish, shuningdek xorijiy valyutadagi kreditlarni qayta moliyalashtirish, ilgari boshqa bank tomonidan asosiy vositalarni sotib olish uchun beriladi
Moliyaviy vositaning turi
1. Ochiq liniya bo’lmagan;
2. Kredit limiti o'rnatish bo'yicha bosh kelishuv, Ushbu kelishuv asosida asosiy vositalar sotib olish uchun ochiq liniya bo’lmagan kreditlar ajratilishi mumkin
Kredit taqdim etish shakli
Kredit bo'yicha ta'minot rasmiylashtirilgandan so'ng, tovarlarni/ ishlarni/ xizmatlarni etkazib beruvchining joriy hisobvarag'iga naqdsiz pul o'tkazish orqali, etkazib berish/ sotish/ xizmatlarni ko'rsatish/ ish va hisob-kitoblarni amalga oshirish shartnomasiga muvofiq.
Arizani ko'rib chiqish muddati
Qarz oluvchi / garovga oluvchi/ kafil tomonidan hujjatlar to'plami to'liq taqdim etilgan kundan boshlab 10 (o'n) ish kunidan oshmagan holda
Kredit/kredit liniyasining ruxsat e'tilgan maksimal summasi (miqdori)
Kredit miqdori tadbirkorlik sub'ektining moliyaviy holatiga, depozit hisobvaraqlari aylanmasi, biznes hajmi, kreditni to'lash manbalari va taqdim etilayotgan ta'minotga bog'liq bo'lib, u moliyalashtirilayotgan loyiha umumiy qiymatining 70%dan ko'p bo'lmasligi lozim.
Kredit/ kredit liniyasining maksimal miqdori belgilangan tavakkalchilik darajasi bilan cheklanadi va har bir qarz oluvchi yoki o'zaro aloqador qarz oluvchilar guruhi uchun bankning I-darajali kapitalining 15%dan ko'p bo'lmagan miqdorda kredit xavfi chegarasi bilan cheklanadi.
Loyihada qarz oluvchining o'z ishtiroki hajmiga qo'yiladigan talablar
Qarz oluvchining tashqi savdo shartnomasida ko'rsatilgan asosiy vositalar qiymatining kamida 30% miqdorida o'z mablag'lari bilan ishtirok etishi talab qilinadi (qayta moliyalashtiriladigan loyihalar bundan mustasno)
Import shartnomasining to'lovi uchun talablar
Import shartnomalari bo'yicha to'lov ular bo'yicha tovarlar/ ishlar/ xizmatlarning kelib tushishi/ kelishini kafolatlaydigan to'lov shakllaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Import shartnomasi bo'yicha bo`nak to'lovini kredit mablag'lari hisobidan 30% dan ko'p bo'lmagan miqdorda to'lashga ruxsat beriladi va qolgan 70% (yoki to'liq 100%) mablag'lar tovarlar/ ishlar/ xizmatlar to'liq etkazib berilgandan so'ng to'lov amalga oshiriladi.
Kredit muddati/Bosh kelishuv muddati
Kredit shartnomasi/Bosh kelishuv tuzilgan kundan boshlab 60 oydan oshmasligi kerak va har bir loyiha uchun biznes-reja/ texnik-iqtisodiy asoslash hisob-kitoblariga muvofiq alohida belgilanadi
Kredit limitining mavjudlik davri
Kredit shartnomasi tuzilgan kundan boshlab 30 (o'ttiz) kundan oshmasligi kerak, import shartnomalarini to'lash shartlari asosida har bir loyiha uchun kredit olish muddatini alohida belgilashga ruxsat beriladi
Asosiy qarz to'lovlarining imtiyozli davr muddati
12 oygacha.
Imtiyozli davr muddati loyiha xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi
Muddatli qarzdorlik bo'yicha foiz stavkasi
Yillik 12,99% dan*
Muddati o'tgan qarzdorlik uchun ortirma foiz stavkasi
Yillik 19,5% dan*
Asosiy qarz to'lovlarining so'ndirilishi
Xar oyda/chorakda/yarim yilda to'lovlar amalga oshirilishi, shuningdek qarz oluvchining pul oqimlariga qarab individual ravishda. Asosiy qarzning so`ndidrilishi lozim bo`lgan summaning miqdori va muddati kredit shartnomasida/individual kredit shartnomasida kelishiladi. To'lovlar/so`ndidrish kreditning valyutasida amalga oshiriladi.
Foizlarning so'ndirilishi
Xar oyda/chorakda/yarim yilda to'lovlar amalga oshirilishi, shuningdek qarz oluvchining pul oqimlariga qarab individual ravishda. Asosiy qarzning so`ndidrilishi lozim bo`lgan summaning miqdori va muddati kredit shartnomasida/individual kredit shartnomasida kelishiladi. To'lovlar/so`ndidrish kreditning valyutasida amalga oshiriladi.
Muddatidan oldin to‘lash shartlari
Muddatidan oldin to‘lashga (qisman yoki to‘liq) vositachilik haqini undirmasdan yo‘l qo‘yiladi.
Qarz oluvchiga qo'yiladigan talablar
Yuridik shaxs va Yakka tartibdagi tadbirkorlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
1. "APEX BANK" AJda depozit hisob raqam mavjud bo'lishi;
2. Ijobiy kredit tarixining mavjudligi yoki kredit tarixining mavjud emasligi ham qabul qilinadi;
3. Likvid balans va foyda keltiradigan faoliyatning mavjudligi;
4. Tadbirkorning hisobvarg`ida kamida oxirgi 6 oy davomida barqaror kredit aylanmasining mavjudligi;
5. Vakolatli davlat organi tomonidan berilgan faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi ruxsatnomalar (litsenziyalar, guvohnomalar, sertifikatlar, xulosalar va boshqalar) mavjudligi, agar ularning faoliyati nazarda tutilgan bo'lsa;
6. Bankrotlik yoki sud jarayonida bo'lmaslik va barqaror joriy va istiqbolli moliyaviy holatga ega;
7. Bank oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun kutilayotgan barqaror manbalarning mavjudligi;
8. Banklar va nobank kredit tashkilotlari bilan ilgari amalga oshirilgan kredit operatsiyalari (asosiy qarz yoki foizlar) bo'yicha to'lanmagan muddati o'tgan qarzlarning mavjud emasligi;
9. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg'in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog'liq faoliyatning mavjud emasligi;
10. Milliy va xalqaro sanktsiyalar ro'yxatida tadbirkorlik sub'ekti, uning rahbarlari va benefitsiar egalarining yo'qligi;
11. Likvidligi past bo'lgan tayyor mahsulotlarning katta zaxirada mavjudligi;
12. Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasidagi tushumlarning mavjudligi tadbirkorning kredit olish imkoniyat darajasini oshiradi. Valyuta tushumlari yoki valyuta tushumlari so'ralayotgan kreditga xizmat ko 'rsatish (o'z vaqtida so'ndirirlshi) uchun yetarli bo' lmagan yuridik shaxslar oylik pul tushumlari xorijiy valyutadagi kredit bo 'yicha oylik majburiyatlardan kamida 1,5 baravar ko 'p bo' lishi lozim.
Shuningdek chet el valyutasida daromadlarning majburiy mavjud bo'lishi va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun import-eksport shartnomalari tuzilganligi.
13. 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo'lmasligi
Kredit/kredit liniyasining ta'minoti
"Kredit summasining kamida 125% (bank bilan aloqador shaxslar uchun 130%).
Kredit ta'minoti sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
1. Ko'char va ko'chmas mulk garovi;
2. Uchinchi shaxslarning kafilliklari va kafolatlari;
3. Pul mablag'lari, shu jumladan depozitlar garovi;
4. Kredit qaytmaslik hatarini oldini oluvchi sug’urta polisi;
5. Asbob-uskunalar garovi;
6. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidagi va "APEX BANK"AJning kredit siyosati va bankning boshqa ichki normativ hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turdagi ta'minotlar.
Ta'minotga bo'lgan talablar
Ko'chmas mulk garovi bo' yicha:
- ishlab chiqarish maydonlari;
- ofis xonalari;
- omborxonalar va savdo xonalari;
- umumiy ovqatlanish xonalari;
- turar-joy binolari va kvartiralar, agar ular garovga oluvchining yagona turar joyi bo'lmasa va ularda ro'yxatdan o'tgan shaxslar bo'lmasa;
- boshqa ko'chmas mulk.
Ko'char mulk garovi bo'yicha:
- ishlab chiqarish muddati 5 yilgacha bo'lgan avtotransport vositalari;
-ishlab chiqarish muddati 5 yilgacha bo'lgan maxsus uskunalar;
-ishlab chiqarish muddati 5 yilgacha bo'lgan uskunalar.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa talablar.,
"APEX BANK"AJning kredit siyosati va bankning boshqa ichki normativ hujjatlari.
Kredit mahsuloti bo'yicha tavakkalchilik darajasi
Ushbu kredit mahsulotning NPL ulushi yuridik shaxslar kredit portfelining 3%dan oshmasligi lozim