Sizdan to‘lov hujjatlarida «To‘lov maqsadi» ustunini to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirishingizni so‘raymiz. To‘lov maqsadi kodi Markaziy bankning 60-sonli «To‘lovlar maqsadlari» elektron bazasiga mos bo‘lishi kerak, shuningdek, tovar, ish, xizmat nomi, operatsiya mazmuni, shartnoma raqami va sanasi ko‘rsatilishi lozim.
Diqqatingizni shunga qaratamizki, Markaziy bankning talabi asosida noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan to‘lov maqsadi bilan yuborilgan to‘lov hujjatlari bank tomonidan rad etiladi, joriy yilning 1-dekabridan boshlab esa bunday hujjatlar avtomatlashtirilgan bank tizimi tomonidan avtomatik ravishda rad etiladi.
To‘lov maqsadi kodlari ko‘rsatilgan rasmiy hujjat ushbu havola orqali mavjuddir.