Onlayn kreditni rasmiylashtirishda sug‘urta mahsulotlari bo‘yicha ma’lumot APEX BANKda onlayn kreditni rasmiylashtirishda kreditni taqdim etishning majburiy shartlari hisoblangan sug‘urta mahsulotlari mavjud.

Onlayn kredit olishning majburiy shartlaridan biri moliyaviy sug‘urta polisini rasmiylashtirishdir. Ushbu polis kredit majburiyatlari bajarilishining ta’minoti bo‘lib xizmat qiladi va kreditlash shartlarining ajralmas qismi hisoblanadi.

Shuningdek, onlayn kreditni rasmiylashtirishda APEX LIFE sug‘urta kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan qarz oluvchining hayotini sug‘urta qilish shartnomasini tuzish ham majburiy hisoblanadi.

Har ikkala sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta mukofoti mijozning o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Hayotni sug‘urta qilish shartnomasi rasmiylashtirilganda APEX BANK sug‘urta agenti sifatida ishtirok etadi. Moliyaviy sug‘urta polisi bo‘yicha esa bank sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi.

Onlayn kredit muddatidan oldin to‘liq so‘ndirilgan taqdirda, sug‘urta mukofotini qaytarish tartibi sug‘urta mahsulotining turiga bog‘liq.

Moliyaviy sug‘urta polisi bo‘yicha foydalanilmagan davr uchun sug‘urta mukofotining bir qismini qaytarish nazarda tutilmagan.

Hayotni sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha esa foydalanilmagan davr uchun sug‘urta mukofotining tegishli qismini qaytarish nazarda tutilgan.

Buning uchun mijoz APEX BANKka murojaat qilib, ariza topshirishi lozim. Arizani quyidagi usullarda taqdim etish mumkin:
• bankning istalgan bo‘limiga shaxsan murojaat qilish orqali;
• bankning rasmiy elektron pochta manziliga yuborish orqali.

Ariza qabul qilingandan so‘ng bank hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun sug‘urta kompaniyasiga yuboradi. Sug‘urta mukofotining qaytarilishi 10 ish kunigacha bo‘lgan muddatda amalga oshiriladi.

Hozirgi vaqtda qaytarishni rasmiylashtirish uchun mijoz ariza topshirishi zarur. Kelgusida APEX BANK ushbu jarayonni yanada qulaylashtirish maqsadida arizalarni mobil ilova orqali topshirish imkoniyatini joriy etishni rejalashtirmoqda.