“APEX BANK” AJ (keyingi o‘rinlarda — “Bank”), Ustav asosida ish yurituvchi Boshqaruv Raisi v.v.b. Numanova O.L. nomidan, bir tomondan, va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq ushbu ommaviy ofertani hech qanday shartlar, istisnolar yoki e’tirozlarsiz qabul qilgan (aksept qilgan), “APEX BANK” AJda yuridik shaxslar va yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni kompleks bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha Bosh kelishuvga qo‘shilgan yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor (keyingi o‘rinlarda — “Mijoz”), boshqa tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 353–358, 367–370-moddalari hamda boshqa normalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonuni asosida, “Didox Tech” MChJga onlayn tarzda bank siri hisoblangan ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risidagi ushbu Ommaviy ofertani tuzadilar. I. ATAMALAR VA TA’RIFLAR
ABT – AО «APEX BANK»ning avtomatlashtirilgan bank tizimi;
DiBank — bu «Didox Tech» MChJ tomonidan ishlab chiqilgan servis bo‘lib, «1C: Buxgalteriya» yoki Didox dasturida yaratilgan chiqim to‘lov hujjatlarini bevosita Bank serveriga yuborishni, shuningdek, hisobvaraqlarga kelib tushgan kirim to‘lovlari va hisobdan yechib olingan mablag‘larni avtomatik tarzda «1C: Buxgalteriya» yoki Didox hisob tizimiga yuklashni ta’minlaydi;
1C:Buxgalteriya — bu korxonada buxgalteriya va soliq hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan dasturiy yechim;
Didox — tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish uchun mo‘ljallangan platforma bo‘lib, elektron hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritishda foydalaniladi.
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar (keyingi o‘rinlarda «Bank siri ma’lumotlari») – mijozning operatsiyalari, hisoblari va omonatlari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining «Bank siri to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq boshqa ma’lumotlar;
ERI (elektron raqamli imzo) – mijozning elektron hujjatidagi ma’lumotlarni yopiq kalit yordamida maxsus qayta ishlash natijasida Bankda olingan raqamli imzo bo‘lib, u ochiq kalit yordamida elektron hujjatdagi ma’lumotlarning buzilmaganligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini beradi. Mijoz tomonidan elektron aloqa kanallari orqali ERIdan foydalanilgan holda amalga oshirilgan barcha harakatlar rad etib bo‘lmaydi va bevosita mijozning o‘zi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi hamda qo‘lyozma imzodan foydalanish bilan teng yuridik oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ushbu Ommaviy ofertada belgilab berilmagan atamalar va ta’riflar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan ma’nolarda, ularning so‘zma-so‘z mazmuni hamda ibora kontekstidan kelib chiqqan holda qo‘llaniladi.
II. OMMAVIY OFERTA PREDMETI
2.1. Mijoz ushbu bilan, o‘zining foydalanayotgan hisob tizimlari - 1C:Buxgalteriya va DiBank orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun, Bank tomonidan elektron aloqa kanallari orqali, onlayn rejimda, «Didox Tech» MCHJga Bank siri ma’lumotlarini, jumladan Mijozning shaxsga doir maʼlumotlarini taqdim etishga rozilik bildiradi.
2.2. Mijozga o‘zi foydalanayotgan 1C:Buxgalteriya va DiBank hisob tizimlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank operatsiyalarini amalga oshirish imkoniyatini taqdim etish Bank tomonidan tariflanmaydi va hech qanday pul to‘lovi nazarda tutilmaydi.
2.3. Qonunchilikda belgilangan shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi talablariga muvofiq, Mijoz Bankka Mijozning har qanday shaxsga doir maʼlumotlarini Bank tomonidan o‘z faoliyatini amalga oshirish, mazkur shartnoma shartlarini bajarish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa maqsadlarda qayta ishlash va ulardan foydalanish uchun muddatsiz rozilik beradi. Shuningdek, Mijoz ushbu shartnomani bajarish maqsadida Bank tomonidan uning shaxsiy ma’lumotlari uchinchi shaxslarga berilishiga ham rozilik beradi.
2.4. Mazkur bilan Mijoz Bankdan ushbu shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha eslatmalarni, Bank xizmatlarini ilgari surishga oid reklama materiallarini barcha aloqa vositalaridan foydalangan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatlar orqali olishga o‘z roziligini bildiradi, jumladan, biroq ular bilan cheklanmagan holda: pochta orqali yuborish, SMSxabarlar yuborish, ovozli xabarlar yuborish, elektron pochta orqali xabarlar yuborish va boshqalar.
III. OMMAVIY OFERTANI TUZISH TARTIBI (Ofertani qabul qilish)
3.1. Bankning www.apexbank.uz saytida ushbu Ommaviy oferta matnining e’lon qilinishi (joylashtirilishi) barcha Mijozlarga qaratilgan Ommaviy ofertani qabul qilish (aksept qilish) bo‘yicha ommaviy taklif etish (oferta) hisoblanadi.
3.2. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq, ushbu Ommaviy ofertani aksept qilish Mijoz tomonidan ERI yordamida uni imzolash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
3.3. Mijoz tomonidan ushbu Ommaviy ofertaning aksept qilinishi (tasdiqlanishi) quyidagilarni anglatadi:
- mijozning Bankka topshirig‘i sifatida, Bank tomonidan «Didox Tech» MCHJga Bank siri ma’lumotlarini, jumladan Mijozning shaxsga doir maʼlumotlarini, taqdim etish huquqi beruvchi topshiriq sifatida Mijoz ushbu Ommaviy ofertaning 3.5-bandida belgilangan tartibda bekor qilguniga qadar amal qiladi.
- Bank, mazkur Ommaviy ofertaning 3.5-bandida belgilangan tartibda Mijoz akseptdan voz kechgan paytgacha, “Didox Tech” MChJga Bank siriga oid ma’lumotlar, jumladan Mijozning shaxsga doir ma’lumotlarini, oshkor etilishi munosabati bilan bank siri to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi uchun javobgar bo‘lmasligini bildiradi.
“Didox Tech” MChJ, “APEX BANK” AJ bilan tuzilgan hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq, Bankdan olingan maxfiy ma’lumotlarni, jumladan bank siri va Mijozning shaxsga doir ma’lumotlarini, saqlash hamda ularni tegishli tarzda himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish majburiyatini oladi.
3.4. O‘zbekiston Respublikasi elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunchiligiga asoslanib, Tomonlar ushbu aksept qilingan Ommaviy ofertani qog‘oz shaklidagi shartnomaga tenglashtiradilar va uning bir xil yuridik kuchga ega ekanligini tasdiqlaydilar hamda uni muhr bilan tasdiqlash va/yoki Tomonlar tomonidan qo‘lyozma imzo qo‘yishni talab qilmasligini belgilaydilar.
3.5. Mijoz ushbu Ommaviy oferta bo‘yicha amalga oshirilgan akseptdan voz kechish huquqiga ega bo‘lib, buni Bankka tegishli yozma arizani qog‘oz shaklida topshirish orqali amalga oshiradi.
3.6. Bank quyidagi huquqlarga ega:
3.6.1. Bank quyidagi hollarda ushbu Ommaviy ofertani aksept qilishdan bosh tortish huquqiga ega:
- agar uning tuzilish maqsadi jinoyat yo‘li bilan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish operatsiyalarini amalga oshirish bo‘lishiga shubha tug‘ilsa; - aksept vaqtida Bankda texnik yoki boshqa imkoniyatlarning mavjud emasligi;
- shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan boshqa sabablar bo‘yicha.
3.6.2. Bank oldindan Mijozlar va boshqa shaxslarga xabar bermasdan, ushbu Ommaviy ofertaga bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega. Barcha o‘zgartirishlar Bankning www.apexbank.uz saytida e’lon qilinadi va www.apexbank.uz saytga joylashtirilgan vaqtdan kuchga kiradi.
IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI VA NIZOLARNI KO'RIB CHIQISH TARTIBI
4.1. Ushbu Ommaviy oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki to‘liq bajarmagan Tomon amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
4.2. Hech bir Tomon ushbu Oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi, agar bajarmaslik quyidagi holatlar natijasida yuzaga kelsa: toshqin, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, embargo, urush yoki harbiy harakatlar, O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari tomonidan ofertaning tuzilishidan keyin qabul qilingan qarorlar, farmoyishlar, ajrimlar va boshqa hujjatlar, agar ular Tomonlarning Ommaviy ofertadagi majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilsa, shuningdek, ikki Tomonning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar (elektr energiyasi yetishmasligi, stansiyalararo aloqalar va Internet provayderlari sababli telekommunikatsiya aloqasining uzilishi va h.k.).
4.3. Agar Tomonlar muzokaralar orqali kelishuvga erisha olmasa, ushbu Ommaviy ofertadan kelib chiqadigan yoki kelib chiqqan barcha nizolar, kelishmovchiliklar, talablar yoki da’volar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudida hal etiladi.
V. OMMAVIY OFERTANING AMAL QILISH MUDDATI
5.1. Ushbu Ommaviy ofertaning amal qilish muddati cheklanmagan.
5.2. Ushbu Ommaviy oferta har vaqtda Bankning o‘z ixtiyoriga ko‘ra Bankning www.apexbank.uz saytida tegishli bildirishnoma e’lon qilinishi orqali to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
VI. BOSHQA SHARTLAR
6.1. Ushbu Ommaviy oferta bandlarining birortasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq noqonuniy va/yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, Ommaviy ofertaning bunday banndi Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llanilmaydi va Ommaviy ofertadagi asl niyatlarga maksimal darajada mos mos keladigan yangi band bilan alamashtiriladi. Ommaviy ofertaning boshqa bandlari o‘z to‘liq kuchi va amaldagi holatini saqlaydi.
6.2. Ushbu Ommaviy ofertada nazarda tutilmagan barcha masalalarda Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
6.3. Ushbu Shartnoma asosidagi majburiyatlarni amalga oshirishda Tomonlar, ularning bog‘liq shaxslari, xodimlari yoki vositachilari qonunga zid haq-huquqni va boshqa foydani olish maqsadida biron bir shaxsga uning xatti-harakati va qaroriga bevosita va yoki bilvosita ta'sir qilish uchun biron bir pul mablag‘larning yoki boshqa qimmatliklarning to‘lanishini talab, taklif qilmaydilar va bunga ruxsat berishmaydi, vas hu bilan birga, pora berish/qabul qilish, tijorat porasini berish kabi deb hisoblanadigan harakatlarni, shuningdek, qonunchilik va xalqaro hujjatlarga muvofiq jinoyat yo‘li bilan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash talablarini buzuvchi harakatlarni amalga oshirmaydi.
6.4. Ushbu Ommaviy oferta rus va o‘zbek tillarida ishlab chiqilgan va e’lon qilingan.
VII. BANKNING MANZILI VA REKVIZITLARI
«APEX BANK» Aksiyadorlik jamiyati
Toshkent sh., Mirobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasi, 77-uy.
Bank kodi: 01196 STIR: 310329897
Tel. (aloqa markazi): +998 55 512 00 00, qisqa raqam1881
Rasmiy sayt: www.apexbank.uz