APEX BANK omonat mahsulotlari qatoridagi o‘zgarishlar haqida sizga ma’lum qilamiz.
2026-yil 29-sentabr soat 17:00 dan boshlab «IMPULSE» omonati bo‘yicha yangi omonatlarni rasmiylashtirish to‘xtatiladi.
Shu bilan birga, «IMPULSE» omonati bo‘yicha avval tuzilgan barcha shartnomalar amaldagi shartlar asosida o‘z kuchida qoladi. Bank o‘z zimmasiga olgan barcha majburiyatlarni to‘liq hajmda va belgilangan muddatlarda bajarishni ta’minlaydi.
Amaldagi omonatlar bo‘yicha foizlar shartnoma shartlariga muvofiq hisoblanadi va to‘lanadi. Pul mablag‘lari shartnomada belgilangan tartib va muddatlarda qaytariladi.
2026-yil 30-sentabrdan boshlab APEX BANK yangi «DRIVE» omonatini ishga tushiradi. Yangi omonat shartlari bilan Bankning rasmiy veb-saytida hamda APEX mobil ilovasida tanishishingiz mumkin.
Savollaringiz bo‘lsa, Bankning istalgan filialiga murojaat qilishingiz yoki 1881 raqami orqali Kontakt-markaz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
APEX BANK’ka bildirgan ishonchingiz va tanlovingiz uchun minnatdormiz!