«APEX BANK» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2025 yil 14 may kuni, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sodiq Azimov ko'chasi, 77-uyda joylashgan Bank binosida bo'lib o'tadi.
Yig'ilish soat 15:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni ro'yxatga olish soat 14:00 dan boshlanadi.
Navbatdan tashqari umumiy yig'ilish o'tkazish uchun Bank aksiyadorlarga xabar berish reestri 2025 yil 21 aprel sanasiga va Umumiy yig'ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar reestri 2025 yil 07 may holatiga tuziladi.
Yig'ilish Bank aksiyadorlarining yoki ular vakillarining ishtirokida, shakli va matni kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan byulletenlarda ovoz berish orqali o'tkaziladi.
Bankning elektron pochtasi va veb-sayti manzili: info@apexbank.uz ; www.apexbank.uz
KUN TARTIBI:
1.“APEX BANK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash
2.“APEX BANK” AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishining reglamentini tasdiqlash
3.“APEX BANK” AJ Boshqaruv raisi vakolatini muddatidan ilgari tugatish
4.“APEX BANK” AJ Boshqaruv raisini tayinlash
5.“APEX BANK” AJ Kuzatuv kengashi a'zolarining vakolatini muddatidan ilgari tugatish
6.“APEX BANK” AJ Kuzatuv kengashi tarkibiga saylov o'tkazish
Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig'ilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va/yoki yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun hujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazish bo'yicha qo'shimcha axborot va unda ko'riladigan masalalarning hujjatlari bilan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Sodiq Azimov ko'chasi, 77-uy manzilida joylashgan Bankning bosh ofisi binosiga murojaat qilish orqali tanishishlari mumkin.
Bank kuzatuv kengashi