Hurmatli mijozlar!Jismoniy shaxslar uchun bank xizmatlari limitlarida o‘zgarishlar haqida xabar beramiz.
2025-yil 7-avgustdan boshlab APEX BANK mobil ilovasida karta orqali o‘tkazmalar (P2P) bo‘yicha limitlar oshiriladi.
Ushbu o‘zgarishlar UzCard, HUMO va VISA kartalari orasidagi o‘tkazmalarga, bank ichidagi va boshqa bank kartalariga bo‘lgan operatsiyalarga tegishlidir. Yangi limitlar mobil ilova, bank bo‘limlari va bankomatlar orqali amalga oshiriladigan barcha tranzaksiyalarda amal qiladi.
Yangi tartib faqat O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga nisbatan qo‘llaniladi.
APEX BANKni tanlaganingiz uchun tashakkur!