Qurbon Hayiti munosabati bilan ish jadvalidagi o‘zgarishlar Qurbon Hayiti munosabati bilan APEX BANK savdo ofislarining ish jadvalida quyidagi o‘zgarishlar kiritilganini ma’lum qilamiz:

• "Nurafshon," "Namangan," "Yunusabad Gallery," "ALPHA" (Taras Shevchenko k.) savdo ofislari va Markaziy savdo ofisi 6-iyun, juma kuni, yopiq bo‘ladi.
• "City Mall" va "Mega" savdo ofislari esa barcha bayram kunlari davomida odatiy ish tartibida (soat 10:00 dan 22:00 gacha) ishlaydi.

9-iyundan boshlab barcha ofislar standart jadval bo‘yicha ishlashni davom ettiradi.

APEX BANK mobil ilovasi va bankomatlar tarmog‘i tun-u kun xizmat ko‘rsatadi.

Biz har doim 1881 raqami orqali siz bilanmiz.

Shu o‘rinda, kirib kelayotgan Qurbon Hayiti bilan muborakbod etamiz!
Oilangizga tinchlik-totuvlik, farovonlik, qut-baraka va barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilaymiz!
Ishonchingiz uchun minnatdormiz!