VISA kartalari bo‘yicha tariflar va yangi shartlardagi o‘zgarishlar Hurmatli mijozlar!

VISA xalqaro bank kartalari mahsulotlari bo‘yicha bo‘lajak o‘zgarishlar haqida xabar beramiz.

Bank Moliya qo‘mitasining qaroriga muvofiq, 2025-yil 17-noyabrdan quyidagi yangilanishlar kuchga kiradi:
1. VISA xalqaro kartalarini ochish qiymatini pasaytirish:
• VISA Classic — 30 000 so‘mdan 20 000 so‘mgacha;
• VISA Gold — 50 000 so‘mdan 30 000 so‘mgacha;
• VISA Platinum — 100 000 so‘mdan 50 000 so‘mgacha;

2. VISA Platinum kartasi bo‘yicha kamaymaydigan qoldiqni kamaytirish
- 100 USD dan 10 USD gacha.

3. "Tranzaksiyaga e’tiroz bildirish so‘rovi (munozara) " xizmatiga tarifni o‘zgartirish - xalqaro to‘lov tizimlarining yangilangan talablari va tariflariga muvofiq 10 AQSH dollaridan 20 AQSH dollarigacha.

4. "Talabalar kartasi + VISA Classic" aksiyasini boshlash.

- Aksiya 2025-yil 17-noyabrdan 2025-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.

Ishonchingiz uchun minnatdormiz va bankimiz bilan birgalikda foydali yechimlarni tanlang!