APEX BANK mobil ilovasi orqali P2P-o‘tkazmalar tariflaridagi o‘zgarishlar Hurmatli mijozlar!

"APEX BANK" AJ mobil ilovasi orqali amalga oshiriladigan P2P-o‘tkazmalar tariflariga o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qiladi. O‘zgartirishlar amaldagi tarif doirasida amalga oshiriladi va 2025-yil 17-noyabrdan kuchga kiradi.

Yangi komissiya shartlari quyidagicha:
• boshqa bankning Uzcard tizimidagi kartasidan "APEX BANK" AJ ning HUMO tizimidagi kartasiga — 0,7% operatsiya summasidan;
• "APEX BANK" AJ ning Uzcard tizimidagi kartasidan "APEX BANK" AJ ning HUMO tizimidagi kartasiga — 0,5% operatsiya summasidan;
• boshqa bankning Uzcard tizimidagi kartasidan boshqa bankning Uzcard tizimidagi kartasiga — 0,7% operatsiya summasidan;
• boshqa bankning Uzcard tizimidagi kartasidan boshqa bankning HUMO tizimidagi kartasiga — 0,5% operatsiya summasidan;
• boshqa bankning HUMO tizimidagi kartasidan boshqa bankning Uzcard tizimidagi kartasiga — 0,5% operatsiya summasidan;
• boshqa bankning HUMO tizimidagi kartasidan boshqa bankning HUMO tizimidagi kartasiga — 0,3% operatsiya summasidan;
• "APEX BANK" AJ ning HUMO tizimidagi kartasidan boshqa bankning HUMO tizimidagi kartasiga — 0,3% operatsiya summasidan.

"APEX BANK" AJ mijozlar uchun turli to‘lov tizimlari o‘rtasidagi o‘tkazmalarni yanada qulay va foydali qilish maqsadida masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirishda davom etadi.