Ma’lum qilamizki, 2026-yil 26-may soat 17:00 dan boshlab “Ishonchli Yuksalish-2” omonati bo‘yicha yangi omonatlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi.
Diqqat qiling, ilgari ochilgan barcha omonatlar to‘liq hajmda amal qilishda davom etadi. Bank ular bo‘yicha tuzilgan shartnomalar shartlariga qat’iy rioya qilgan holda o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini kafolatlaydi.
Foizlarni hisoblash, daromadlarni to‘lash tartibi hamda mablag‘larni qaytarish amaldagi omonat shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Barcha savollar bo‘yicha Bank bo‘limlariga murojaat qilishingiz yoki 1881 raqamli Kontakt-markazga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Ishonchingiz uchun minnatdormiz va hamkorligingizni qadrlaymiz!