APEX BANK biznesni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda 20-may kuni “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ bilan “Portfel kafolati” bo‘yicha Bosh bitim imzolandi.

Hamkorlik doirasida APEX BANK yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ayollar tadbirkorligi loyihalari bo‘yicha kreditlarda yuzaga keladigan ta’minot tanqisligini kompaniya tomonidan taqdim etiladigan kafolatlar hisobidan qoplash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa ko‘plab tadbirkorlarga biznesini rivojlantirish va faoliyatini kengaytirish uchun zarur moliyaviy resurslardan foydalanish imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, mazkur hamkorlik bank kapitaliga tushadigan yuklamani kamaytirishga xizmat qiladi. Xususan, 15 mlrd so‘mgacha bo‘lgan tadbirkorlik kreditlari bo‘yicha taqdim etilgan kafolatlar tavakkalchilik darajasi pasaytirilgan aktiv sifatida hisobga olinadi. Bu esa resurslarni yanada samarali boshqarish va moliyalashtirish hajmini kengaytirish imkonini beradi.

Tadbirkorlar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar — tezroq va qulayroq moliyalashtirish.