Ushbu hamkorlik savdo moliyalashtirishni rivojlantirish, eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi biznes aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.Mazkur hamkorlik bank mijozlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi — tashqi iqtisodiy faoliyatni moliyalashtirish va xavflarni boshqarish bo‘yicha samarali yechimlarni taklif etadi.
APEX BANK xalqaro hamkorlikni izchil rivojlantirish va biznesni yangi bozorlarga chiqishda qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.