Gimadiyev
Sergey
Abdulxayevich
Boshqaruv Raisi
Gimadiyev
Sergey
Abdulxayevich
Boshqaruv Raisi
Biz ishonch bilan ayta olamizki, shaffoflik, hisobdorlik va qonunga rioya qilish — mijozlar va hamkorlarning Bankka bo‘lgan ishonchining mustahkam asosidir. Korrupsiyaga qarshi kurash korporativ madaniyatimizning ajralmas qismi bo‘lib, halollik va axloqiy xulq-atvor kundalik faoliyatimizdagi eng muhim qadriyatlardir.
Bankda korrupsiyaga oid qonunbuzarliklarni oldini olish uchun ichki nizomlar, nazorat tizimlari hamda ehtimoliy qoidabuzarliklar haqida xabar berish mexanizmlari joriy etilgan. Biz halollik madaniyatini mustahkamlab, shaffof hamkorlikni rag‘batlantiramiz va ishbilarmonlik etikasi bo‘yicha ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Barcha xodimlar, mijozlar va hamkorlarni prinsipiallikni saqlashga, korrupsiyaga murosasiz qarashga va halol, xavfsiz tadbirkorlik muhitini yaratishga o‘z hissalarini qo‘shishga da’vat etaman. Korrupsiyaga qarshi kurash — bu Bank va mamlakatimiz barqaror rivojlanishining mustahkam poydevori bo‘lib, umumiy mas’uliyatni talab etadi.
Agar siz korrupsiya holatlariga yoki noqonuniy bosimga duch kelsangiz, zudlik bilan Bankning ichki nazorat va komplayens departamentiga murojaat qiling.
Sergey Gimadiyev
APEX BANK Boshqaruv raisi
APEX BANK da ichki nazorat va komplayens departamenti korporativ madaniyatning ajralmas qismi sifatida Bank va uning mijozlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, ichki siyosat va tartib-qoidalarga rioya etilishini, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ularning yuqori professional va axloqiy standartlarga muvofiqligini ta’minlaydi, milliy va xalqaro iqtisodiy sanksiyalarga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish va korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratish.
Ichki nazorat va komplayens uzluksiz jarayon bo‘lib, u xavflarni minimallashtirish, mijozlar va hamkorlar tomonidan ishonchni mustahkamlash uchun maqsadli yondashuv va samarali boshqaruvni talab qiladi. Ularning faoliyati nafaqat bankni huquqiy oqibatlardan himoya qiladi, balki tez o‘zgaruvchan moliyaviy landshaft sharoitida uning barqaror va mustahkam rivojlanishiga yordam beradi.
Bank xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi va boshqa salbiy oqibatlar haqida xabar berish uchun quyidagi aloqa kanallari orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin:
Ishonch telefoni
+998 55 515 77 77Elektron pochta
compliance@apexbank.uz
Telegram bot
@apex_anticor_bot